Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

 
 
 
16-modda. Banklarning filial hamda vakolatxonalari 
Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z filiallarini, chet el banklari esa o‘z vakolatxonalarini 
Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin. 


Bank filiali 
— uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida 
bo‘linmadir. 
Chet el banki vakolatxonasi 
— bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning 
manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi alohida bo‘linmadir. 
Filiallarning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari Markaziy bank bilan kelishib 
tayinlaydi. 
 
17-modda. Banklarning chet ellardagi filiallari va vakolatxonalari 
Banklar Markaziy bankning ruxsati bilan chet ellar
da o‘z shu’ba banklarini, filiallari va 
vakolatxonalarini ochishlari, banklar tashkil etishda qatnashishlari mumkin. 
 
18-modda. Banklarning ittifoqlari va uyushmalari 
Banklar, basharti, qonun hujjatlarining talablariga zid kelmasa, o‘z faoliyatlarini 
muvof
iqlashtirish, o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qilish va birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish 
uchun ittifoqlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin. 
Bunday birlashmalar mustaqil ravishda tijorat faoliyati, shu jumladan bank faoliyati bilan 
shug‘ullanishi mumkin emas, ular tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar uchun belgilab qo‘yilgan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 

19-
modda. Banklar faoliyatini to‘xtatish va ularni tugatish 
Bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: 
aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra; 
Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida; 
bankrot deb e’lon qilinganida. 

O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni davlat ro‘yxatiga olish 
daftaridan chiqariladi. 
Bankning faoliyati 
to‘xtatilganligi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi. 
Bank faoliyatini to‘xtatish va uni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling