Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

23-modda. Banklarning fondlari 
Banklar o‘z foydalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turli fondlar tashkil etishlari 
mumkin. 
24-
modda. Banklarning pul mablag‘larini zaxiralash sohasidagi burchi 
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarini saqlashlari shart. Majburiy zaxiralar normativi 
Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
 

25-modda. Banklarning umumiy iqtisodiy normativlarga rioya qilish sohasidagi 
burchlari 
Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga 
rioya etishlari shart. 
 
Banklar o‘z kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash 
asosida shubhali va h
arakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etishlari, shuningdek zarar ko‘rish 
xavfini kamaytirish maqsadida o‘z aktivlari diversifikatsiyalanishini ta’minlashlari lozim. 
Banklar: 
amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga; 
ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari 
lozim. 
Banklar: 
kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham 
kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga
aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga; 
oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiyalarini sotib olishga haqli 
emaslar. 


Normativlar va ularni hisob-
kitob qilish uslubiga bo‘lajak o‘zgartishlar amalga kiritilishidan 
kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi. Ustav kapitalining eng kam 
miqdori o‘zgartirilishi to‘g‘risida Markaziy bank bunday o‘zgartish amalga kiritilishidan kamida uch 
oy oldin rasman xabar beradi. 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling