Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash 
huquqlari 
Bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan 
mustaqil belgilanadi. 
Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan 
kreditlar bo‘yicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng 
ko‘p miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va banklarning 
xarajatlari o‘rnini qoplash hisobga olinadi. 
29-modda. Banklarning hisobot va boshqa axborotni taqdim etish majburiyatlari 
Banklar o‘z faoliyatlariga doir hisobot va boshqa axborotni Markaziy bankka o‘z vaqtida 
taqdim etishlari shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
29
1
-modda. Banklarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar 
bank hisobvaraqlari bo‘yicha axborot taqdim etish majburiyati 
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy 
mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va 
fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, banklar 


bunday korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga 
tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlari shart. 
Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sud qarori mavjud 
bo‘lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari bank 
tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi, korxonaning to‘lanishi 
uchun bankka taqdim etilgan 
kreditorlik qarzi esa, ko‘zda tutilmagan holatlarning alohida 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
 
Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan 
mablag‘lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi. 
Fo
ydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablag‘lar banklar tomonidan 
birinchi navbatda korxonalarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash 
uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha qoplash 
uchun yo‘llanadi. 
Korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi 
tayinlangan paytdan e’tiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning 
o‘ziga yoki tugatish komissiyasiga o‘tadi. 
 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling