Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar
Download 428.84 Kb. Pdf ko'rish
|
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11
V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYA QILISh 38-modda. Bank siri Banklar o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg‘armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg‘armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashlari shart. Yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar ana shu tashkilotlarning o‘ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa surishtiruv va tergov organlariga beriladi. Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotnomalar mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi. Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotnomalar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga, chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa — chet el konsullik muassasalariga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terroriz mni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi. Xizmat burchi yuzasi dan bank axborotidan xabardor bo‘lgan shaxslar xizmat sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Oldingi tahrirga qarang. Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi. . Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini o‘rganish uchun bank hisobvaraqlari bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni va axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining so‘roviga binoan taqdim etadi. Download 428.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling