5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash
Bank, shu jumladan chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
.
Litsenzi
yasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday
faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim.
6-modda. Firma nomi
“Bank” atamasi yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z
birikmalarini ushbu Qonunga
muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z firma
nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin.
.
Ushbu talabni buzish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
II. BANKLAR TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI TUGATISh TARTIBI
7-modda. Bank muassislari
Banklar,
qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida
aksiyadorlik jamiyati
tarzida tashkil etiladi.
.
Yuridik
va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik
va jismoniy shaxslar bank
muassislari bo‘lishi mumkin, basharti, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
davlat hokimiyati
organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari bundan mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‘p ulushi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil
mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yo‘l qo‘yilmaydi, chet el kapitali
ishtirokidagi ba
nklar va shu’ba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: