VI. BANKLARDA HISOB YURITISh VA HISOBOT. BANKLARNI NAZORAT QILISh
41-modda. Banklarda hisob yuritish va hisobot
Banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari
Markaziy bank tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi
uchun bank rahbarlari qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
42-
modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi
Banklar o‘z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilaydigan shakl va muddatlarda, unda
ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar.
43-modda. Banklar auditi
Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini
amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim.
Audit, xususan, kapitalning
yetarliligini baholash,
ssudalarni tasniflash, ssudalar bo‘yicha
zararlarni qoplash, tavakkalchilikni va likvidlikni o‘lchashni o‘z ichiga oladi.
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishlari va amalga
oshirishlari ham shart.
44-modda. Banklarni nazorat qilish
Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi.
Markaziy bank tijorat banklaridan axborot berishni talab qilishga va ushbu Qonunni bajarish
maqsadida boshqa ishlarni amalga oshirishga haqlidir.
Banklar faoliyatini tekshirish Markaziy bank tomonidan belgilanadigan
tartibda amalga
oshiriladi.