20-modda. Banklarning mustaqilligi
O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar
qabul qilishda mustaqildirlar.
Bank xizmatchisi bank boshqaruvining roziligi bilan o‘rindoshlik
asosida boshqa joyda
ishlashi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari bank muassasalarida
o‘rindoshlik asosida ishlashga haqli emaslar.
21-
modda. Davlat va banklarning mas’uliyati chegaralab qo‘yilishi
Banklar davlatning majburiyatlari bo‘yicha, davlat esa banklarning majburiyatlari bo‘yicha
javobgar emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
22-modda. Bankning boshqaruv organlari
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi
bankning boshqaruv
organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:
omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish
maqsadida bank faoliyatini,
shu jumladan
kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish;
bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;
bank ka
pitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;
bank
siyosatini ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.
Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari
bank
sohasi olimlari va muta
xassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank
boshqaruvi
bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
oldida hisobdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: