14-modda. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib
olish asoslari
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziyani chaqirib olishi mumkin:
bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganida, passivlar aktivlardan ko‘payib ketganida;
litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniqlanganda;
bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir
bo‘lmaganida;
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari amalga
oshirilganda;
litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini amalga oshirish bir yildan ortiq
muddatga kechikkanda;
monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;
Oldingi
tahrirga qarang.
ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi buzilganda;
)
O‘zbekiston Respublikasida o‘z shu’ba bankini tashkil etgan chet el bankidan litsenziya
chaqirib olinganda.
15-
modda. Chet el kapitali ishtirokida banklar ta’sis etish va ularning faoliyatiga
nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar
Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga qo‘shimcha talablar qo‘yish, shu
jumladan chet
davlatlar banklaridan ular o‘zlari joylashgan va ro‘yxatga olingan erdagi tekshiruv
organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiqnomasini talab qilish huquqiga ega.
Chet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki o‘z mamlakatida qaytarib berish
sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lsagina beriladi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |