35-
modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
Bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni
bank to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank
bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, iqtisodiy sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega.
IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISh
36-modda. Vasiylikni tayinlash
Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda
Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda
e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.
37-modda. Vasiyning vakolatlari
Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aksiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank
ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko‘rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni
yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni is
hdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.
Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko‘p bo‘lmagan
muddatga qisman yoki to‘la to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va
investitsiyalarning taxminiy
qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘rilishi shart.
Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog‘lomlashtirishning iloji
yo‘qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda
bankni tugatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |