Davlat apparati-bu davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat organlarining yig’indisidir, bular davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatiga ega.
Muassasalarga esa oliy o’quv yurtlari, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqalar kiradi. Korxonalar esa mahsulot ishlab chiqarish uchun tuziladi va davlatning xo’jalik faoliyatini mustahkamlaydi. Masalan: fermer va tadbirkorlar xo’jaligi, turli firmalar, zavod fabrikalar va boshqalar. Davlat apparati asosan qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat (boshqaruv organlari va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi) organlardan iborat.
Davlat organlari bir qancha belgilardan iborat. Birinchidan, davlat nomidan uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi. Ikkinchidan, hokimiyat vakolatiga ega, bu bilan davlat korxonalari va muassasalaridan farq qiladi. Uchinchidan, tegishli kompetensiyaga ya'ni vazifa, funksiyalarga, huquq va majburiyatga ega. To’rtinchidan, ma'lum ma'muriy tuzilishiga va hududiy faoliyatga ega qonunga asosan tashkil topadi va yuridik akt chiqarib ishontirish va majburlash choralarini qo’llaydi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishontirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat hokimiyati maqsadi, mohiyati va funksiyalarini kishilarning ongi, erki, ahloqi va g’oyaviy tushunish asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafkuraviy, ijtimoiy-ruhiy kurashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafkura mavjud. Birinchisi, diniy mafkura, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat hokimiyatini amalga oshirishda diniy qarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafkura davlat hokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi hukmron nazariya, urf-odat va ahloqiy qoidalarga asoslanadi. Masalan: kelgusida farovon kommunistik jamiyat ko’rinishi, Amerika namunasidagi gullagan kapitalistik jamiyat ko’rish haqidagi g’oyalarni amalga oshirish uchun jamiyatdagi bir qism aholi davlat hokimiyatidan foydalanilmoqda.
Majburlash usulida davlat manfaatini amalga oshirish maqsadida davlat hokimiyati tomonidan kishilarga moddiy, ruhiy va jismoniy ta'sir etadi. Majburlash usuli huquqiy va nohuquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Nohuquqiy usul – bu davlat hokimiyatini amalga oshirishda huquqiy normalarga amal qilishdir. Davlat hokimiyatini amalga oshirishlik uchun qonuniylik va adolatli siyosiy usulni nazorat qiladi. Qonuniylik buzilgan holda davlatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari himoya qiladi. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy usuli demokratik siyosiy tartibdagi davlatlarda kafolatlangan bo’lib, bu shu davlatda huquqiy tizimning umumiy tamoyillari bilan, davlat hududida barcha fuqarolar uchun yagona va umumiyligi, davlatni zo’rlik kuchi orqali amalga oshirilishi, taraflarga huquq va burch belgilanishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |