Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat funksiyasi tushunchasi va
O‘zbekiston davlatining tashqi funksiyalari
Download 84.5 Kb.
|
Botirov Nodir mustaqil ish.
O‘zbekiston davlatining tashqi funksiyalari
1. Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta’minlash. Endilikda mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o‘z Kurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur kurol-aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash ushbu funksiya tarkibida muhim o‘rin egallaydi. 2. Yaqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa davr ichida O‘zbekiston dunyoning ko‘p davlatlari tomonidan rasman tan olindi, ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, ikki tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko‘pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik olib borish O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat organlari va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan mustahkamlash jiddiy rol o‘ynaydi.8 Xulosa: Xulosa o’rnida Respublikamizning yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalarini bajarish uchun davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat’iy belgalab qo‘yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil etish va uning huquqiy maqomini belgalash ko‘zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo‘lmokda. Yangi davr vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi. Shunday qilib, davrlar o‘ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham o‘zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma’lum funksiyalarni bajarib turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma’noga ega bo‘lmay qoladi, albatta. Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada bo‘lishi mumkin. Bu, so‘zsiz, ko‘pgana omillarga, shu jumladan, davlatning moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘lishi tabiiy holdir. Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo‘lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o‘sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi va ular jamiyatning o‘zini o‘zi boshqaruvchi subyektlari zimmasiga ma’lum o‘zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali erta, ammo jamiyatning o‘sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq kelajakda o‘sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling