Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat funksiyasi tushunchasi va


Download 84.5 Kb.
bet1/7
Sana26.03.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1296486
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Botirov Nodir mustaqil ish.


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISH METODIKASI (TARIX) MUTAXASSISLIGI 2-KURS TALABASI BOTIROV NODIRNING JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Davlat ichki va tashqi funksiyalari
Reja:

  1. Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati;

  2. Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar;

  3. O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari



1.Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati.
 Davlat funksiyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanida eng muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi. Chunki davlat funksiyalari bilan bog‘liq masalalarini o‘rganish uning ma’no-mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy vazifasini yanada chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi.
Huquqiy adabiyotlarda «Davlat funksiyasi» tushunchasi hali yetarli darajada tadqiq etilmagani, bu borada nisbatan yagona fikrni yo‘qligini ta’kidlab o‘tish joiz. Biroq hamma mutaxassislar davlat funksiyasi, uning ma’no-mohiyati, majburiyati hamda maqsad-vazifalarini ifodalashini e’tirof etadilar.
Falsafada funksiya deganda biron-bir obyekt xususiyatlarini ma’lum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi.
Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. Chunki «funksiya» lotin tilidan olingan bo‘lib, «faoliyat» degan ma’noni anglatadi. U qo‘llanish vakolatiga ko‘ra proporsional ravishda o‘zgarib boradi. Davlat funksiyalarida uning mohiyati va ijtimoiy yo‘naltirilganligi, maqsad va vazifalari aks etadi. Shuni aytish kerakki, funksiya davlat tashkilotining ichida tadbiq qilinishi mumkin emas, ular jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etgan holda tadbiq qilinadi.
Davlat jamiyatning mahsuli sifatida yuzaga kelib, unga nisbatan boshqaruvchi tizimga, unda ro‘y beruvchi barcha eng muhim jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga aylandi.
Davlatning funksiyalari - bu faoliyat yo‘nalishi, biroq yo‘nalishning aynan o‘zi emas. Funksiyalarni amalga oshirish faoliyati ma’lum tarixiy mazmun bilan to‘ldiriladi, binobarin, amalga oshirish jarayonida ularning o‘zaro nisbati (solishtirma vazni, har bir funksiyaning boshqa tizimdagi ahamiyati) orqali yuzaga keladi.
Davlat faoliyati sohalari jamiyatda yuzaga keladigan munosabatlar kabi turli xil ko‘rinishda bo‘lgani sababli, davlat nazariyasi oldida uning sinfiy va umuminsoniy mohiyati hamda ijtimoiy ahamiyati aks etuvchi va konkretlashuvchi uning ichki va tashqi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash muammosi turadi. Shu bilan birga, davlatning funksiyalarida faqat uning mohiyati aks etadi, deb o‘ylash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki siyosiy hukmronlik vaziyatida, davlatni boshqarish xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va funksiyalari paydo bo‘ladi. Asosiy yo‘nalishlarni ajratish bu umuman davlat faoliyatini (biroq uning organlari faoliyatini emas) «maydalash» demakdir. Bosh yo‘nalishlar – davlat faoliyatining ijtimoiy muhim tarmoqlari bo‘lib, ularni amalga oshirishga uning biror - bir alohida bo‘g‘inlari emas, balki barcha organlari jalb qilinadi. Aks holda jamiyatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati funksiyalarda o‘z aksini topmaydi, oxir- oqibatda esa, «davlatning funksiyasi» kategoriyasi o‘zining nazariy va amaliy ma’nosini yo‘qotib, mavhum (quruq muhokamaga asoslangan) bir tushunchaga aylanadi.1
S. A. Komarov davlatning funksiyalarini nafaqat uning faoliyat yo‘nalishlari, balki jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin qilishni taklif etadi. U davlat jamiyat hayotining u yoki bu sohalarida ma’lum funksiyalarni bajara borib, bir vaqtning o‘zida, o‘tkazilayotgan islohotlar, turli o‘zgarishlar, ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish vositasida jamiyatdagi jarayonlarning holatiga ta’sir ko‘rsatishiga ishora qiladi.
Bundan kelib chiqadiki, davlatning jamiyatdagi jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini davlatning funksiyalari tushunchasiga kiritish u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bunda davlatning funksiyalari umuman uning mexanizmi faoliyatiga yaqinlashtirish hamda davlatning faoliyatini turli huquqiy ta’sir vositalari bilan almashtirishga urinish ko‘zga tashlanadi, holbuki, fanda davlatning funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari degan mustaqil tushuncha mavjuddir.
Davlat funksiyalarining asosiy belgilari, ularning davlat mohiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog‘liqligi, ma’lum tarixiy bosqichlarda turlicha bo‘ladigan, davlatning oyoqqa turish, mustahkamlanish va rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradigan vazifalarni davlat maqsadlarida hal qilishga yo‘naltirilganidan iborat bo‘lishi umumiy qabul qilingandir.
Davlatning funksiyalarida uning mohiyati yanada konkret ifodasini topadi. Albatta, konkretlashtirish obyektiv xususiyatga egadir. Chunki davlatning funksiyalari obyektiv ravishda, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va vazifalar hamda ulardan kelib chiquvchi ijtimoiy tabaqa, jamoa va butun xalq manfaatlarining ma’lum ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun davlatning funksiyalari u mavjud bo‘lgan butun tarixiy davr mobaynida doimiy ravishda xos bo‘ladi. Agar hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlar kelsa, u holda davlatning funksiyalari xam o‘zgaradi. Shu bilan birga, ma’lum davrlarda ustuvor manfaatlarning o‘zgarishi ham ro‘y berishi mumkin. Bu o‘z navbatida funksiyalarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bunda birinchi o‘ringa birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalar chiqishi mumkin. Masalan, 2-jahon urushi davrida davlatning yalpi mudofaa funksiyasi asosiy o‘ringa chiqqan.
Davlatning har bir funksiyasi siyosiy – predmet ta’rifiga ega bo‘ladi. Chunki uning mazmuni, faoliyat predmeti nimadan iborat ekani, u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘lida qanday vositalar qo‘llanishini ko‘rsatadi.2



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling