Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat ichki tashqi funksiyalari


Mamlakat mudofaasi funksiyasi davlatning boshqa funksiyalari bilan bog‘liq


Download 115 Kb.
bet10/13
Sana10.02.2023
Hajmi115 Kb.
#1184590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat ichki tashqi funksiyalari

Mamlakat mudofaasi funksiyasi davlatning boshqa funksiyalari bilan bog‘liq. Buni ayrim misollarda ko‘rib chiqamiz.
Mamlakat mudofaasi funksiyasining iqtisodiy funksiya bilan o‘zaro bog‘liqligi shunda ifodalanadiki, samarali iqtisodiy faoliyat orqali davlat qurolli kuchlarni zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha bilan ta’minlaydi, harbiy inshootlar barpo etadi, mudofaa sanoatini rivojlantiradi, harbiy-ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
Mamlakat mudofaasi funksiyasining ijtimoiy funksiya bilan o‘zaro bog‘liqligi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy talab va ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi (sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, dam olish uchun vaqt berish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish, umumdavlat miqyosida pensiyalar tayinlash va h.k.).
Mamlakat mudofaasi funksiyasining huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan o‘zaro hamkorligi orqali qurolli kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, harbiy mulkni saqlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Davlat mudofaa qobiliyatining uning ichki funksiyalari bilan bunday yaqin aloqasi natijasida, bir tomondan, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinsa, ikkinchi tomondan, mamlakat ichki turmushining barcha sohalarida tinch bunyodkor mehnat uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Bu o‘rinda jahon hamjamiyati davlatlari mudofaa siyosatining o‘zaro aloqasini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Hozirgi zamon sharoitlarida bu aloqa yadroviy va oddiy qurollarni qisqartirish, har bir davlatning mudofaa vositalaridan bakteriologik, kimyoviy, biologik va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini chiqarib tashlashga qaratilgandir. Bu yerda gap dushman mamlakatlar o‘rtasida ma’lum sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy qarshilikni gumanizatsiyalashtirish haqida boradi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy qarshilik darajasini pasaytirish barcha davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlariga, ularda yashaydigan xalqlarning madaniy, ma’naviy va ekologik farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling