Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iqtisodiy fuksiyasi
Ijtimoiy funksiyasi
Siyosiy funksiyasi
Huquq tartibotni ta’minlash funksiyasi
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funksiyasi
Ekologik funksiyasi va boshqa funksiyalar
Yuqorida ko‘rsatib o‘tgan davlatning ichki funksiyalari butun mavjud (ichki) funksiyalarni qamrab oldi degan gap emas. Davlatning ichki funksiyalarini keltirishda bizning fikrimizcha asossiy bo‘lganlarini keltirdik xalos. Bu ro‘yxatni yana davom ettirsh mumkin.
Endi yuqorida ko‘rsatib o‘tgan funksiyalarni batafsil ko‘rib o‘tsak.
Iqtisodiy funksiya - bu davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, boshqarib turish hamda tartibga solib turishdan iboratdir. Bundan tashqari davlat budjetini shakllantirish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini aniqlash, turli xil mulk shakllarini tenglik sharoitida amal qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlashdan iborat.
Ijtimoiy funksiya - bu axolini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, insonlarga munosib hayot faoliyatini ta’minlab berish, ta’lim sohasini, sog‘liqni saqlash va madaniyatni rivojlantirish va boshqalar.
Siyosiy funksiya- davlatning siyosiy funksiyasi asosiy funksiyalaridan bo‘lib, bu davlatning (jamiyatning) siyosiy hayotini boshqarishdan, davlat organlarini shakllantirishdan hamda ularning faoliyatini tashkil etishdan iborat.
Huquq tartibotni muhofaza qilish funksiyasi- bu davlar faoliyati bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning hamma qatnashchilari tomonidan qonuniy bo‘yruqlarni aniq va to‘liq amalga oshirishdan iborat.
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funksiyasi - bu davlat tomonidan axolining tinch-totuv yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, turli millatlarni va ijtimoiy guruhlarni murosai mudorada saqlab turishdan, ularning orasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish hamda bartaraf etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |