Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat ichki tashqi funksiyalari


Download 115 Kb.
bet1/13
Sana10.02.2023
Hajmi115 Kb.
#1184590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat ichki tashqi funksiyalari


Davlat ichki tashqi funksiyalari
Reja:

  1. Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati;

  2. Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar;

  3. O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari



Davlat ichki tashqi funksiyalari
Ma’lumki, har qanday davlat doimo faol yoki mo‘tadil ravishda faoliyat yuritadi. Chunki faoliyatsizlik davlatning tabiati va maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday davlatning mohiyati eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning faoliyat soxalari xilma xil bo‘lganligini hisobga olib, uning faoliyatining bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini ifoda etadi. Biroq davlat funksiyalarida faqat uning mohiyati o‘z ifodasini topadi deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Bunda muayyan davrdagi o‘ziga xos jihatlari, siyosiy hokimiyatni amalga oshirish hamda davlatga uyushgan jamiyatni boshqarishning alohida xususiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarini aslo yoddan chiqarib bo‘lmaydi. Shu bilan birga davlatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi va bu boradagi vazifalarni bajarishi bevosita uning faoliyati ya’ni funksiyalari bilan bog‘liqdir.
Yuridik fanda hozirgacha “Davlat funksiyasi” kategoriyasiga ta’rif berishda yakdillik yo‘q. Shunday bo‘lsada, “Davlat va huquq nazariyasi” fanining muhim kategoriyalaridan biri hisoblangan mazkur tushunchani har tomonlama o‘rganish va tushunish nafaqat huquqshunos uchun balki, hozirgi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirayotgan va huquqiy demokratik davlatni qurayotgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamiz huquqshunos olimlari tomonidan “Davlat va huquq nazariyasi” faniga oid bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar yaratilgan. Mazkur asarlarda davlat funksiyasiga u yoki bu darajada ta’riflar berilgan. Ularda “huquqshunos olimlarning davlat funksiyasiga qarashlarida jiddiy farq yo‘q, asosan so‘zlar, iboralar haqida bahs boradi, xolos”.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling