Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat ichki tashqi funksiyalari


Ko‘pchilik olimlar, jumladan, S.A.Komarov, A.V.Malkolar davlat funksiyalarini quyidagicha tasniflash tarafdorlaridir


Download 115 Kb.
bet4/13
Sana10.02.2023
Hajmi115 Kb.
#1184590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat ichki tashqi funksiyalari

Ko‘pchilik olimlar, jumladan, S.A.Komarov, A.V.Malkolar davlat funksiyalarini quyidagicha tasniflash tarafdorlaridir:

  • Faoliyat sohalari bo‘yicha;

  • Amal qilish davomiyligi bo‘yicha;

  • Ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha;

  • Amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha.

Biz ham yuqoridagi olimlarning fikrlariga qo‘shilamiz va bunday tasniflash boshqa xil mavjud tasniflashlarga qaraganda davlat funksiyalarini to‘liqroq ochib berishga, uni tushunib yetishga hamda keng tadqiq qilishga imkoniyat yaratishini e’tirof etamiz.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan davlat funksiyalarining tasnifi ham o‘z navbatida bir nechta guruhlarga bo‘linib ketadi.
Davlat funksiyalari faoliyat sohalari bo‘yicha ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, davlatning jamiyatga ta’sirining faollik darajasini ko‘rsatadi.
Tashqi funksiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ishtirok etayotgan davlat, davlatlararo miqyosdagi vazifalarni xal qilish bilan bog‘liqdir.
Olimlar o‘rtasida davlatning funksiyalarini ichki va tashqiga ajratish yuzasidan bir xil fikr mavjud emas.
Jumladan, V.M.Sirix davlatning ichki funksiyasiga jamiyatda huquqiy tartibni o‘rnatish va muxofaza qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, xalq hokimiyatini ta’minlash, madaniy-tarbiyaviy, tabiatni muxofaza qilish kabi davlatning funksiyalarini kiritadi. Tashqi funksiyalarga esa himoya qilish, agressiv urushlarni olib borish, iqtisodiyot, madaniyat, maorif sohasida hamkorlik va boshqa funksiyalarini kiritadi.
V.M.Korelskiy ichki funksiyaga himoyalash funksiyasi, hususiy mulk himoyasi, tartibni ta’minlash, tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa funksiyalarni kiritadi. Tashqi funksiyaga esa tashqaridan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan himoya qilish, bosqinchilik urushlarini olib borish, diplomatik a’loqalarni ta’minlash kabilarni kiritadi.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling