Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar; O‘zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat ichki tashqi funksiyalari
Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar
Download 115 Kb.
|
Davlat ichki tashqi funksiyalari
Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar
Yuridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini tasniflashda bir xil yondashuv mavjud emas. Davlat funksiyalarini tasniflashda bir xil yondashuvning mavjud bo‘lmasligiga sabab, taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan davlatlar mavjud obyektiv sharoitdan kelib chiqqan holda o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning mohiyatiga mos ravishda faoliyat yuritishidir. A. Saidov va U. Tadjixanovning fikricha, davlatning funksiyalarini ikki asosiy guruhga: ichki va tashqi funksiyalarga bo‘lish mumkin. Ichki funksiyalarga «qonuniylik asosida fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ularning teng huquqliligini, jamiyat manfaatlarini ta’minlash; mulkchilikning turli shakllarini teng himoyalash; monopolizmni istisno qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlash; fuqarolarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish; fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish» kabilar kiradi. Tashqi funksiyalarga ushbu olimlar tinchlik va birgalikda tinch yashash uchun kurash, mamlakatni tashqaridan bo‘ladigan hujumdan mudofaa qilish, jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik va siyosiy hamdo‘stlik, dunyo mamlakatlari bilan atrof tabiiy muhitni, insonlarning tinchligini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikning turli shakllarini kiritadilar. Davlat funksiyalarini tasniflashga Z. M. Islomov boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko‘ra, funksiyalarni to‘rt asosiy guruhga bo‘lib o‘rganish lozim: a) faoliyat sohalari bo‘yicha; b) amal qilishining davomiyligi bo‘yicha; v) ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha; g) amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha. O‘z navbatida, birinchi guruhga kiradigan funksiyalar ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichkarisidagi vazifalarini amalga oshirishi bilan bog‘liq. Tashqi funksiyalar xalqaro miqyosdagi faoliyat bo‘lib, bunda davlat xalqaro huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida maydonga chiqadi. M. I. Baytin va I. N. Senyakinning fikricha, «davlat funksiyalari, ijtimoiy hayotning qaysi jabhasiga qaratilgani, qaysi vazifalarni bajarishda amal qilishiga ko‘ra, ichki (iqtisod, ekologiya, fan, madaniyat, ta’lim tizimini rivojlantirish va boshqalar bilan bog‘liq) hamda tashqi (davlatni himoyalash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash) funksiyalarga bo‘linadi. N. I. Matuzov va A. V. Malko esa asosiy funksiyalar deganda, ma’lum bir tarixiy sharoitda davlat oldida turgan asosiy maqsad va vazifalarni hal qilish jarayonida yuz beradigan yo‘nalishlari tushunadilar. Asosiy bo‘lmagan funksiyalarga esa ular boshqa, ikkilamchi vazifalarni hal qiladigan va asosiy funksiyalarga qo‘shimcha bo‘lgan vazifalarni kiritadilar. M. I. Baytin va I. N. Senyakinning fikricha, davlatning asosiy ichki funksiyalari tarkibiga iqtisod, fan, madaniyat, ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik, soliq solish va uni to‘plash, mavjud mulk shakllarini himoyalash, huquq-tartibot o‘rnatish funksiyalari kiradi. Fikrimizcha, davlatning ichki funksiyasi masalasiga keyingi paytda chop etilgan ayrim adabiyotlarda ham e’tibor berildi. Jumladan, ayrim olimlarning yozishlaricha, O‘zbekiston davlati quyidagi ichki funksiyalarni amalga oshiradi: iqtisodiy funksiya yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi, ijtimoiy sohada olib boradigan ishlari, ta’lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g‘oyaviy (mafkuraviy) tarbiyalash sohasidagi, huquq-tartibotni qo‘riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkchilikning barcha shakllarini og‘ishmay himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi kurashish, tabiat boyliklari hamda atrof muhitni muhofaza qilish va h.k. Davlat funksiyalarini tasniflashda deyarli barcha olimlar ichki va tashqi funksiyalar mavjudligini tan oladi. Lekin shuning bilan birga har bir muallif davlat funksiyalarini tasniflashda turli xil mezonlarni asos qilib oladi. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling