Reja: davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Download 27.2 Kb.
|
DAVLATLAR XILLARI
DAVLATLAR XILLARI REJA: DAVLAT VA «PRINSIPAL-AGENT» MUAMMOSI SHARTNOMAVIY» DAVLAT TUSHUNCHASI DAVLAT XUSUSIYATINI BAHOLASH USULLARI VA MEZONLARI 1. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali ta’riflash «prinsipal-agent» muammosini oldingi o‘ringa suradi. Bu yerda birinchi galda kim «prinsipal» va kim «agent» ekanligini aniqlab olish talab etiladi. Javob umuman aniq emas. Fuqaro ham, davlat ham ikki taraflama rol o‘ynaydi. Bir tomondan, fuqaro davlatga ayrim funksiyalarning bajarilishini yuklagan holda uning tarkibini belgilaydi, ya’ni u «prinsipal», davlat esa «agent» hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, fuqaro «agent» rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining kafili sifatida davlatning qarorlariga bo‘ysunadi. J.Byukenen ushbu ikki taraflamalilikni «bo‘ysunuvchining paradoksi» deb nomlgan: inson o‘zini bir vaqtning o‘zida ham davlat boshqaruvining ishtirokchisi – ob’ekti sifatida, ham o‘zi tanlamagan xatti-harakat me’yorlariga amal qilishga majbur etiladigan sub’ekt sifatida qabul qiladi. «Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat o‘z nazorati sohasini tomonlar bilan aniq kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 yildayoq mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs o‘zining aynan «Leviafan», deb nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo‘llash uchun monopoliya huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi? Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini to‘lashdan bosh tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa kabi, o‘zlarini opportunistlarcha tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega. Download 27.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling