Reja: davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Download 27.2 Kb.
|
DAVLATLAR XILLARI
5. Korrupsiya muammosi
Korrupsiya nazariyasining rivojlanishi davlatning iqtisodiyotdagi roli to‘g‘risidagi masalaga nisbatan yangicha yondashuvga misol bo‘ladi va shu bilan birga nazariy jihatdan to‘liq anglab yetilmagan tajribadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa qilishning xavfliligini o‘zida namoyon etadi. Faqatgina 1970-yillarga kelib korrupsiyaning iqtisodiy muammo ekanligi anglab yetildi. Korrupsiya – bu nafaqat rivojlangan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarning, balki butun jahonning muammosi. Korrupsiyalanish indeksi quyidagi qator omillarni baholash usullari yordamida hisoblab chiqilgan: yuridik qoidalarning ochiq-oydinligi, idoraviy tuzilmalarning yetukligi, erkinlashish darajasi, litsenziyalar olish va ro‘xatdan o‘tkazishning qiyinligi, sud tizimlarining samaradorligi, byurokratiyaning omilkorlik darajasi, fiskal tizimning samaradorligi va ochiq-oydinligi, bojxona ishining samaradorligi va h.k. Mazkur dasturning asosiy bandlari quyidagilardan iborat: samarali normalar va cheklovlarni qabul qilish; davlat xizmatchilari, shuningdek davlat va xususiy sektor sohasida raqobatni kuchaytirish; davlatni insonlarga yaqinlashtirish: fuqarolar bilan davlatning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, fuqarolar fikrlarini hisobga olish; budjetning o‘sishini ichki barqarorlashtiruvchi vositalarini yaratish, masalan, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari, qarorlarni kim belgilashi, qabul qilish va amalga oshirishi ustidan nazorat qilish. Download 27.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling