Reja: davlat va «prinsipal-agent» muammosi
«Shartnomaviy» davlat tushunchasi
Download 27.2 Kb.
|
DAVLATLAR XILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi
2. «Shartnomaviy» davlat tushunchasi
Shartnomaviy davlatning qisqacha ta’rifi shunday bo‘ladi: bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo‘lida kuch ishlatish monopoliyasidan foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to‘lashga majburiyat deb emas, balki o‘z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. Qanday sharoitda shartnomaviy davlat mavjud bo‘ladi? Davlat faoliyatining aniq konstitutsiyaviy doiralarining mavjud bo‘lishi. Konstitutsiyada shaxslar tomonidan davlatga topshiriladigan va hech bir sharoitda begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan huquqlar eksplitsit tarzda kelishilgan. Fuqarolarning davlat faoliyatida ishtirok etishi mexanizmlarining mavjud bo‘lishi. Fuqarolar davlat faoliyatida ishtirok etishining siyosiy mexanizmlari jumlasiga demokratik tartibotlar kiradi. Mulkchilik huquqlarini taqsimlashning asosiy muqobil mexanizmi sifatida bozor institutining mavjud bo‘lishi. Davlat mulkchilik huquqlarining bozorda nolli transaksiya xarajatlari chog‘ida erishilishi mumkin bo‘lgan tarzda taqsimlanishiga erishishni ko‘zlaydi. Shuning uchun davlat vaqti-vaqti bilan bozorga taqqoslanmagan holda faoliyat ko‘rsata olmaydi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish muqobil mexanizmlarining mavjudligi. «Ovoz»dan foydalanish, ya’ni fuqarolarning davlatning faoliyatida ishtirok etishi bilan bir qatorda «chiqish» - shaxslarning shartnomalar bajarilishining boshqa kafillariga murojat etishining muqobil variantlari ham mavjud bo‘lishi kerak. 3. «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi Shartnomaviy davlatdan farqli o‘laroq ekspluatatorlik davlati o‘z daromadini (soliq tushumlarini), aniqrog‘i, - davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning daromadini oshirish uchun majbur qilish monopoliyasidan foydalanadi. Ekspluatatorlik davlatining mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdagi asosiy maqsadi «mulkning boshqaruvchi rentasini oshiruvchi tarkibiga» erishishdan iborat, hatto agar bunga umuman jamiyat farovonligiga ziyon yetkazib erishilsada. Download 27.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling