Reja: davlat va «prinsipal-agent» muammosi


Download 27.2 Kb.
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi27.2 Kb.
#1043801
1   2   3   4
Bog'liq
DAVLATLAR XILLARI

Ekspluatatorlik davlati faoliyatidan ko‘riladigan zararni faqat og‘ir soliqlar (nohaq yig‘imlar) va mulkchilik huquqlarini taqsimlash muntazam va oldindan aytib bo‘ladigan xususiyatga ega bo‘lgan taqdirda qisqartirish mumkin.
Ekspluatatorlik davlatining faoliyat ko‘rsatishida majbur qilish salohiyatining fuqarolar o‘rtasida taqsimlanishi muhim rol o‘ynaydi. Chunki aynan shaxs yoki kuch ishlatining katta imkoniyatiga ega bo‘lgan guruh davlat apparatini nazorat qiladi va kuch ishlatishni qo‘llash monopoliyasini qo‘lga kiritadi. Aynan shuning uchun harbiy texnologiyaning rivojlanishi ekspluatatorlik davlati faoliyatining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida, uning ichki beqarorligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, harbiy texnologiyaning o‘zgarishi kuch ishlatish salohiyatining turli aholi guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanishiga, demak, davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning almashishiga olib keladi. Davlatning ekspluatatorlik modelidan shartnomaviy modelga o‘tish ham mumkin. Bundan davlat qurilishi dinamikasining, demak, mulkchilik huquqlari tarkibi dinamikasining tebrantirib turuvchi xususiyati haqidagi taxminlar kelib chiqadi. Rentani undirishga yo‘naltirilgan tizimdan keyin samaradorlikni oshiruvchi tizim kelishi muqarrar va aksincha.


4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari
Davlatning xilini aniqlash (shartnomaviy yoki ekspluatatorlik) davlat budjetining tarkibini tahlil qilish imkonini beradi. Firmaning balansi kabi davlat budjeti ham institutsional tahlil uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi axborotni beradi. Talab etiladigan ma’lumotlar qabul qilingan va real ijro etilgan davlat budjeti daromadlar va xarajatlar qismlarining qator moddalarida mujassamlangan. Bundan tashqari, agar budjet taqchilligi mavjud bo‘lsa, uni qoplash usullari davlatning muhim tavsifi hisoblanadi. Davlatni u yoki bu xilga kiritishning birinchi mezoni – bu daromadlar turli moddalarining nisbati. Soliqdan tashqari tushumlarning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi shunchalik faol bo‘ladi – bunday holatda uning roli shartnomalar bajarilishining oddiy kafili doirasidan tashqariga chiqadi. Budjet soliqdan tashqari daromadlari ulushining dinamikasi barqaror tendensiyaning mavjudligi haqida gapirish imkonini bermaydi.
Ikkinchi mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real moliyalangan hamda davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar nisbati. Ekspluatatorlik davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va kuchaytirish bilan bog‘liq xarajatlar («kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini saqlab turish uchun yo‘naltirilgan xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o‘rin tutadi. Mudofaa, huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga oshiradi. Uchinchi mezon – budjet taqchilligini moliyalash usullari. Budjet taqchilligini qoplashning uchta asosiy usuli – Markaziy bankning hukumatga kreditlari, tashqi va ichki qazlardan ekspluatatorlik davlati birinchisini afzal ko‘radi.

Download 27.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling