Reja: Davlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar


Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1518659
  1   2   3
Bog'liq
FALSAFA


Farg'ona politexnika instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti TJBAKT yo'nalishi 69-20-guruh talabasi G'anijonov Shahzodning Falsafa fanidan tayyorlagan
Taqdimot loyihasi

Mavzu:Davlat va huquq tizimida din omili

Reja:

1.Davlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar.

2. Davlat va huquq nazariyasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari.

3. Davlat va huquq tizimida din omili.

4.O’zbekistonda “Diniy bag’rikenglik”

5.Vijdon erkinligi


Davlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar:
— dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish;
— diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
— diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
— ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati;
— dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
Davlat va huquq nazariyasi - bu davlat-huquqiy hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishini o‘rganuvchi umumnazariy yuridik qonuniyatlar haqidagi bilimlar tizimidir.
Shu nuqtai nazardan, davlat va huquq nazariyasining predmetini quyidagicha izohlash mumkin:
Davlat va huquq nazariyasining predmeti - davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda bo'lishi (faoliyat ko‘rsatishi) va istiqboli to‘g‘risidagi eng umumiy qonuniyatlarni organadi.
Uning predmetiga faqat amaldagi davlat, huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarning eng umumiy jihatlarigina emas, balki ular haqidagi tasavvurlar ham kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlar tizimi bo'lib, u davlat-huquq hodisalariga tegishli bo'lgan umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi, davlat va huquqni yaxlit institut sifatida ko‘rib chiqadi

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling