1. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi.
Bozor islohotlarining amalga oshirilishi
mamlakatimizning jahon
hamjamiyatiga a‟zo bo‟lishi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborotlar
rolining o‟sishi tomon o‟zgarishi , yangi texnologiyalar va capital bozori
o‟rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz
iqtisodiyotining
innovatsion rivojlanish yo‟liga o‟tishi dolzarb ahamyat kasb etmoqda.
Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat
ilmiy asosda
amalga oshirilishi mumkin
, shu sababli faol harakat qilayotgan
har bir shaxs , u qaysi faoliyat sohasida band bo‟lmasin fan va texnikaning
rivojlanish va umumiy qonuniyatlari yangiliklarni sarali qo‟llash usullari
haqida tasavvurga ega bo‟lishi , yangiliklar kiritish
nazariyasi innovatsion
faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini ya‟ni innovatsion
strategiyaning
asosiy
qoidalarini
, shuningdek ,
mos keluvchi darajada
innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi
zarur. Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi
iqtisodiyotda intelektual mahsulot
axborot
va ilmiy-texnik
, innovatsion
faoliyat ulushining o'sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar
xuddi foydali
qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi
mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz
va uning har bir
fuqarosi manfaatlari yo’lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali
foydalanishning mamlakatimizda ko‟p tarmoqli innovatsion siyosatni
shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan
turib hech ham imkoni yo‟q.
Do'stlaringiz bilan baham: