Reja: Dialektik ziddiyat qonuni


Umumiy aloqadorlik tamoyili


Download 69.5 Kb.
bet9/9
Sana02.01.2022
Hajmi69.5 Kb.
#193835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja- Dialektik ziddiyat qonuni

Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob'ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob'ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob'ekt o‘zga ob'ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob'ektlar bilan o‘zaro ta'sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.

Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob'ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob'ektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik», «tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.

Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e'tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi.



O‘zaro aloqa. Real voqyelikda har bir muayyan ob'ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob'ektlardan ta'sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta'sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob'ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.

Ob'ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni yechish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish – umuman ob'ektni tushunish demakdir.

Ammo har qanday ob'ekt boshqa ob'ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani bois, uning barcha o‘zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob'ektlarni o‘rganishga, ulardan – uchinchi ob'ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va h.k. Ayrim ob'ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta'biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.

Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish joizki dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.

ADABIYOT


  1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.

  3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.

  4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling