Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#257792
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.



Mavzu: Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari. 

Dinning kelib chiqishi va ibtidoiy shakllari. 



 

Reja: 

1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 

2.Dinning ijtimoiy vazifalari. 

3.Ilk diniy tasavvurlar va din shakllari. 

 



1.Dinshunoslik  fanini  o’qitishdan  maqsad  –  kishilarda  dinning  kelib 

chiqishi,  evolyustiyasi,  hozirgi  davrdagi  holati,  insoniyat  hayotida  tutgan  o’rni 

haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.  

Kursning  vazifasi  –  kishilarda  din  to’g’risida  bilim  berish  orqali  kurs 

doirasiga  kirgan  masalalarni  tahlil  etishda  ilmiylik  va  ob’ektivlik  uslubini 

qo’llab,  ularda  diniy  qarashlar  taraqqiyotga,  insonni  kamolotiga  xizmat 

qiladigan  jihatlarni  ajratib  olish,  mustaqil  fikr  yuritish  orqali  ilmiy-falsafiy 

dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir. 



Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa, 

ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik  

(nazariy bilish)  va  psixologik ildizlari  mavjuddir.  Ana  shularni har  tomonlama 

tarixiy  dalillar  asosida  ilmiy  tahlil  qilish  mazkur  kursning  yana  bir 

vazifalaridandir. 

Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz 

uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda 

chuqur  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish,  chet  ellik  mutaxassislarning  ilmiy  tajriba 

va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Movaraunnaxr  hududida  VIII  asrdan  boshlab  islom  yagona  hukmron 

dinga  aylanganligi  sababli  uning  shaxs,  oila,  jamiyat  hayotiga  kirib  borishi, 

madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, 

falsafiy  bilimlar  bilan  qurollantirish  ko’zda  tutiladi.  Milliy  va  diniy 

qadriyatlarning  tarixan  mushtarakligi,  ularning  umuminsoniy  qadriyatlariga 

uyg’unlashishi, 

hozirgi 

mustaqil 

O’zbekiston  sharoitidagi  ahamiyati 

tushuntiriladi.  Dinshunoslik  fanining  mazmuni  talabalarda  din,  uning  turli 

shakllari,  ta’limotlari,  yo’nalishlari,  mazhablari  haqida  to’g’ri  ilmiy  xulosalar 

chiqara  oladigan,  diniylik  va  dunyoviylik  munosabatlarini  asosli  tahlil  qila 

oladigan  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirishdan  iborat.  Bunga  erishishda 

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 

to’g’risida»gi  Qonun,  Jinoyat,  Fuqarolik,  Oila  kodekslaridagi  din  va  vijdon 

erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. 

Eng  qadimgi  zamonlardan  boshlab  falsafiy  tafakkurda  din  masalasi 

faylasuf  olimlar  diqqatini  o’ziga  jalb  etib  kelgan.  Dinga  ta’rif  va  tavsiflar 

berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din 

falsafasi  yo’nalishi  shakllangan.  Psixologiya  fani  tarmoqlari  murakkab  hodisa 

bo’lgan  dinni  inson  ruhiyati  bilan  bog’liq  holda  tahlil  qilganlar.  Buning 

natijasida  din  psixologiyasi  fani  shakllangan  va  rivojlangan.  Dinshunoslik 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling