e’tiqodlaridan biri bo’lib totemizm, fetishizm, shaxsiy homiy ruhlarga sig’inish,
oila-urug’ oqsoqol-homiylariga, qabila boshliqlariga sig’inish asosida tarkib
topgan. Bu e’tiqoddagilar ajdodlarning ruhlari odamlardan kuchli, shuning
uchun urug’ning farovonligi shu ruhlarga bog’liq bo’ladi deb tasavvur qilganlar.
Buning natijasida qadimgi Yunoniston va Rim mayda dinlarida qahramonlarga
sig’inish, keyinchalik xristianlik va Islomda ham avliyolarga sig’ini odati paydo
bo’ldi. Islomga xos ur-odatlar sifatida arvohlarni, avliyolarni esalab ularga
sig’inish, madad so’rash, ular uchun xudoyi, jonliq so’yib qurbonliklar qilish, is
chiqarish, avliyolar maqbara va mozorlari oldidagi daraxtlarga lattalar bog’lab
ketish, sham yoqib qo’yish odatlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: