Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi.
Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutishi kerakligi hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining stikllarini bilish – bularning barchasi dehqon qabilalarining osmonu-erga, quyoshu-oyga, yomg’iru-shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kechayu-kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi qohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlar qadrlana boshlandi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksariyat xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yoki boshi yoki tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan. Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi. Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri – fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan, hamda unga asoslangan afsun tamoyillari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqaedi ya’ni istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllanidan neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling