Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#257792
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.

1)Totemizm.  «O  totem»  so’zi  –  Shimoliy  Amerikada  yashovchi 

«Ojibva»  qabilasi  tilida  «uning  urug’i»  ma’nosini  anglatadi.  Uning  mohiyati 

«odamlarning  hayvonot  yoki  o’simlikning  ma’lum  bir  turlariga  qarindoshlik 

aloqalari  bor»  deb  e’tiqod  qilishdir.  Qabila  vakillari  o’zlarining  totemlari 

ma’lum  bir  hayvon  yoki  o’simlikdan  kelib  chiqqan  deb  bilishgan.  Urug’chilik 

jamiyatining  shakllanishi  jarayonida  totemizmning  ahamiyati  katta  bo’lgan. 

Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odat va me’yorlar asrlar davomida qat’iy 

qo’llanilib  kelingan.  Totemizm  rivojlana  borib  unda  yangi  o’zgarishlar  sodir 

bo’la  boshladi,  ya’ni  birinchidan  ajdodlar  ruhlariga  va  ilohiy  kuchlarga 

ishonchni  kuchayishi  kuzatildi,  ikkinchidan  totemni  ozuqa  sifatida  iste’mol 

qilishni  ta’qiqlash  tizimi  ya’ni  –  «tabu»  paydo  bo’ldi.  Faqatgina  diniy 

marosimlarda  yoki  qabila  boshliqlariga  totemni  eyishga  ruxsat  etilgan. 

Totemizmning  asoratlari  hozirgi  kungacha  ayrim  xalqlar  urf-odatlari  va 

marosimlarida  saqlanib  qolgan.  Masalan,  Hindistonda  sigir  va  boshqa  yovvoyi 

hayvonlar,  Avstraliyada  kenguru,  Qirg’izlarda  oq  bug’u  afsonaviy  baxt 

keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi. 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling