Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#257792
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.

7)Shomonlik.  Shomon  so’zi  tunguscha  so’z  bo’lib  «jazavali  kishi» 

degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  so’z  keyinchalik  butun  sibirga,  so’ngra  Evropaga 

tarqalib, xalqaro atamaga aylangan. 

 Shomonlik  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  emirilayotgan  davrda  jahonning  bir 

talay  xalqlarida  vujudga  kelgan  eng  qadimgi  binlardan  biridi,  bu  dinning 

ruhoniysi  shomon  hisoblanadi.  Shomonlar  o’z  qavmlariga,  odam  yaxshi  va 

yovuz  arvohlar  panohida,  homiyligida  yashaydi,  odamning  sog’ligi,  baxti  va 

taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar. 

Shomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga 

ega  bo’lgan  kishilardir.  Ular  kelajakni  oldindan  aytib  berish,  uzoq  joylardagi 

voqealarni  bilish,  kasalliklarni  daf  etish,  tabiat  hodisalarini  o’zgartirish, 

marhumlarni  narigi  dunyoga  kuzatib  borish  kabi  hislatlarga  ega  bo’lgan 

ruhoniylardir.  Ular  g’ayritabiiy  qobiliyatga  ega  bo’lib,  ashula  aytish,  raqsga 

tushish,  nog’ora,  childirma  chalish  yo’li  bilan  jazavaga  tushib,  yovuz  va  saxiy 

ruhlar  bilan  bevosita  munosabatda  bo’laolganliklari  uchun  kasalliklarni 

davolash, fol boqish va boshqa amallarni bajarishgan. 

Tajribali shomonlar odamda  iste’odoli  ginozchi,  folbin,  ko’zboylog’ich, 

qo’shiqchi, shoir, baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga 

iltimoslar,  iltijolar  qilar,  xatto  ular  bilan  kurashaolar  edilar.  Shomonlar  urug’-

qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi bo’lganlar. 

Shomonlikka  da’vogar  bo’lgan  odam  «shomonlik  kasali»ga  yo’liqishi, 

xususan  ruhiy  kasalga  uchrashi  kerak.  Ruhlar  bunday  odamni  o’ldirib,  so’ng 



boshqa  qiyofada,  boshqa  sifatda  tiriltirib,  qaytadan  yaratadilar.  Shomonlik 

iqtidori nasliy hisoblangan. 



Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar 

xil  kiyinishgan,  muqaddas  buyumlar  va  ruhlar  to’g’risidagi  tasavvurlari  ham 

rang-barang bo’lgan. Masalan, Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus 

belgilari:  qo’ng’iroqli  childirmalari,  nog’oralari,  surnaylari,  turli  buyumlar 

osilgan  maxsus  kiyimlari  va  o’z  marosimlari  bo’lgan.  Shomonlik  jahon 

dinlarining  shakllanishiga  ma’lum  darajada  ta’sir  ko’rsatgan.  Hozirgi  vaqtda 

ham inson oyog’i etishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan. 

 

Neolit  davridagi  yutuqlar  odamlarning  turmushini,  ularning  ta’sir 



etadigan  barcha  sohalarini  tubdan  o’zgartirdi.  Odam  o’simliklarni  o’stirish, 

ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot 

kechirishga  majbur  etdi.  Qadimda  hayvonlarni  qo’lga  o’rgatdi  hamda  ular 

berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va 

teridir.  Ovqat  pishirish  bilan  tanishishi  hamda  idishlar  yasash  odamni    yangi 

muhim  materiallarni  o’zgartirishga  majbur  etdi.  Odam,  ovqat  va  ichimliklarni 

saqlash  uchun  mo’ljallangan  idishlar,  uy  qurish  uchun  foydalanadigan  loyni 

tayyorlashga  o’rgandi.  Neolit  davri  yuqori  paleolitdan  keskin  farq  qiladi.  Shu 

jumladan  tosh  buyumlarini  silliqlash  va  sayqal  berish  –  bu  esa  muhim  farq 

bo’lib ushbu farq davrga nom berdi. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling