Boshlang’ich sinf o’quvchisi diqqatni kuchli, ko’lami keng va barqaror bo’lish uchun o’qituvchi nimalarga e’tibor berish zarur?
Avvalo o’qituvchi bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi, yosh va individual xususiyatlarga e’tiborli bo’lish kerak. O’zi har tomonlama namunali, nutqi, tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lish kerak.
O’qituvchilar diqqatni o’zi xoxlagan tomonga yo’naltira olish, faoliyat turini o’zgartirgan holda o’quvchilar zerikishi, charchashini oldini olishi kerak. O’quvchilar diqqatni ko’lami va e’tiborini oshirish uchun o’qituvchi ona tili va o’qish darslarida 1 qator usullardan foydalanish mumkin. 1-matnli topshiriqlar, suratli topshiriqlar.
O’qituvchi o’tgan mavzuni umumlashtirayotganda bu matnga mutlaqo aloqasiz darslarni qo’shib ketadi. O’quvchilar sezgirlik
bilan bu jumlalarni farqlay bilishi kerak.
“Olaparni toping” kabi topshiriqlar. Bunda o’quvchi matnning har bir jumlasiga diqqat qilishi kerak bo’ladi.
“Kim ko’p so’z topadi?” o’yini ham o’quvchidan diqqat va sezgirlik talab etadi. Bunda o’quvchi bir vaqtning o’zida 2 xil so’zni hosil qiladi.
Suratli topshiriqlar. Bularga “Rasmdagi farqni toping?”, “Rassom xatosini toping?” kabi topshiriqlarni kiritish mumkin. 2 ta bir xil ko’ringan rasmda aslida bir nechta farq berilgan bo’ladi. O’quvchi esa sezgirlik bilan bu farqlarni topishi kerak. “Rassom xatosini toping?” topshirig’ida o’quvchi rassom atayin yo’l qo’ygan topshiriqlar qovun-tarvuzlarning daraxtda o’sishi, tovuqlarning, mushuklarning suvda suzishi, kuchuklarni o’t yeyishi va hokzolarni aniqlashi kerak.
O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilar diqqatini jamlab olishi kerak. O’qituvchi matnni o’qib beradi. O’quvchilarga matn mazmunini so’zlatish ularni matnni diqqat bilan eshitishini talab qiladi. Matn mazmunini so’ralganda har bir o’quvchi o’ziga xos hikoya qiladi. Bir o’quvchi matndagi asosiy o’rinlarga e’tibor bersa, boshqasi ikir-chikirlarigacha aytib o’tadi. Yana biri esa mayda elementlarga e’tibor berib asosiylariga diqqat qaratmaydi. O’qituvchi qayta hikoya qilish jarayonida muhim element va o’rinlarni ta’kidlab o’tishi kerak. Hozirgi shiddatkor zamonda informatsiyalar shunchalik ko’pki u insondan diqqat va tezkorlikni talab etmoqda. O’quvchilar intellektual saloxiyatini oshirish, bilimli hozirjavob bo’lib yetishish uchun boshlang’ich sinfligidanoq tarbiyalab borish zarur. Darslarda yangi pedagogik-texnologiyadan foydalanish, tezkor savol-javoblar o’tkazish orqali bu orada bir muncha yutuqlarni qo’lga kiritish mumkin. Shunday o’quvchilar doskadagi yozuvni yozib bo’lishsa ular endi yozishga tushadi. Bunday o’quvchilar bilan alohida shug’ullanib ulardagi bu kamchiliklarni tugatish lozim. O’qituvchi darsda musobaqa o’tkazganda o’quvchi har yo’qlama ishlaydi. O’rtog’ini bajargan ishini kuzatadi, ishning davomini ongida ishlab chiqadi, to’g’ri va noto’g’ri javobni farqlaydi. O’quvchi ko’p narsani bilish mumkin, lekin u javob berishda qiynaladi. Chunki unda tezkorlik yetishmaydi. Tezkor savol-javoblar, kubiklardan shakl va tasvir hosil qilish o’quvchini faolroq bo’lishga tezkorlikka o’rgatadi. Bunda o’quvchilarni guruhlarga bo’linadi va qiyinlik darajasi bir xil bo’lgan topshiriqlar beriladi. Bunday topshriqlar o’quvchilarni nafaqat tezkorlik, balki jamoa bo’lib ishlashga ham o’rgatadi.
O’qituvchining vazifasi har tomonlama yetuk, bilimli, komil insonni tarbiyalashdir. Bu o’qituvchidan bilim, izlanuvchanlik va pedagogik mahorat talab qiladi. O’qituvchi darsning har bir daqiqasidan shunday unumli foydalanishi kerakki 1 soatlik darsni “Yirik bir asar” darajasiga yetkaza olishi zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |