Reja: Diqqat haqida tushuncha


Download 30.48 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1457134
Bog'liq
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLAR1


DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari: a) ixtiyorsiz diqqat
b) ixtiyoriy diqqat v) ixtiyoriydan songgi (muvofiqlashtirilgan) diqqat.
4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari:
a) diqqatning kuchi va barqarorligi b) bolinishi v) kolami g) taqsimlanishi.
5. Diqqatning rivojlanishi.
Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror obektga toplanishi.
Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bolib, reja, maqsad, iroda kuchi boladi.
Optimal qozgalish ochogi - diqqatning fiziologik asosi
Ixtiyoriydan songgi diqqat - diqqat turi bolib, muvofiqlashtir- ilgan diqqat turi.
Kuchishi - diqqatning bir obektdan ikkinchi obektga kochishi.
Barqarorligi - diqqatning doimiyligi, turgunligi, uzoq muddat.
Parishonxotirlik - diqqat xossasi bolib, asab tizimi charchaganda, shikastlanganda vujudga keladi.

1. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA


Shaxsning ayni chogdagi psixik faoliyati, yani ehtiyojlarining yigindisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan boladi. Odamga juda kop tashqi qozgovchilar tasir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qozgalish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bolgan mayllar bilan tashqi qozgatuvchilarning ozaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Malum obektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yonaltirilishi va shaxs uchun malum ahamiyatga ega bolgan obekt ustida toplanishidan iborat bilish jarayonidir. Yonaltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, obektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Oquvchi maktabda oqituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib otirganda, u mana shu eshitib otirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qozgalgan, shu maqsadga boysundirilgan boladi. Oquvchining biron boshqa narsaga chalgimasdan oquv materialining mazmuniga zehn qoyib otirishida uning psixik faoliyatining yonalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yonaltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qollab-quvvatlash tushuniladi. Oquvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur boladi. Diqqatda psixik faoliyatning yonaltirilishi bilan birga uning toplanishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bolmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalgitish demakdir. Diqqatning bir joyga toplanishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - kopmi chuqur etibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez korib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning toplanishi kuchli bolmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama ozaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning toplanishi juda kuchli boladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib otirgan oquvchi bazan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing toplanishi kuchli boladi.

2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI



Diqqat malum nerv markazlarining qozgalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bogliqdir, bu esa obekt uchun ahamiyatli bolgan qozgatuvchilarni ajratishni, yani psixik faoliyatning yonaltirilishini taminlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qozgatuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bolsa tegishli qozgalish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.Diqqat assotsiatsiya yoli bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u obekt favgulodda alohida ahamiyat kasb etgan obektlarni idrok qilish bilan bogliq bolishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya postining bir joyida maydonga kelgan qozgalish jarayonlari bosh miya postining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya postining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qozgalish jarayonlarini paydo bolishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya postida kozgalish jarayoni uchun optimal, yani nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qozgalish manbai mavjud boladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bolganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya korinadigan bolsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qozgalish uchun eng yaxshi sharoit tugilgan nuqtasi miltillab korinadigan bolsa, yangi soglom bir narsani oylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda galati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir ozgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini korardik”. A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qozgalishning har doim ustun turadigan hukmron ochogi mavjud boladi, bu hukmron qozgalish ochogi aynan shu damda miyaga tasir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qozgalishlarni qandaydir ravishda oziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qozgalishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qozgalishning hukmron bolishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.Bu hol psixologik jihatdan biror qozgatuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda tasir qilib turgan boshqa qozgatuvchilardan diqqatning chalgishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda oziga xarakterli bolgan tashqi ifodalari bilan bogliq boladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni toxtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bolgan yuz harakatlari bilan bogliq boladi.

3. DIQQAT TURLARI



Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bolinadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bolinadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qoymagan paytimizda psixik faoliyatning yonaltirishi va toplanishi ixtiyorsiz xarakterga ega bolishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni oz - oziga jalb eta oladi. Odam oziga tasir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki elonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz kozlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli malum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yonalishi va toplanishi ixtiyoriy tabiatga ega bolishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qoyamiz. Masalan: maktab oquvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Bazan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu orinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich boglanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bolamiz. Bunda qozgatuvchining absolyut kuchidan kora, nisbiy kuchi muhimroq rol oynaydi.Qozgatuvchining toxtatib tasir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim tasir qilib turuvchi yoruglikka qaraganda malum vaqt oraligida yonib - uchib turuvchi yoruglik diqqatimizni oziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qozgatuvchining toxtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: oquvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bolsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin toxtasa u darhol sezadi. Qozgatuvchining tashqi xarakterimizga bogliq bolgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tugdiruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmogi lozim. Oqituvchi oquvchilar diqqatini jalb qilish uchun bazan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan song va ular bilan birga oquvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmogi lozim.Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qozgatuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bolgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni oziga jalb etadi. Agar qornimiz toq bolsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar oqituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tugdiruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, oquvchilarning diqqatlari sosaymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin. Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning tasiri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning tasiri, hamda kopincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bolgan malaka va odatlarning tasiri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yonalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bolgan qiziqishlarning tasiri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bolsa, diqqatimizni beixtiyor oziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning tasiri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik boglab olib borishimiz kerak. Oquv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qoshilib doimiy qiziqish hamda ozluksiz diqqatni taminlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar tasiri va ongli suratda kozlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni oziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa oz oldimizga qoyamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni toplash uchun kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning oziga xos xususiyati mana shu maqsad kozlashda, irodaviy zor berishda namoyon boladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bolishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chogda biz uchun qiziqarli bolmagan, lekin shugullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad kozlash esa oz tarkibiga diqqatni yonaltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam bogliqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega boladi. Bunday qiziqishlar maqsad, yani faoliyat natijalari bilan bogliq bo`lgan qiziqishlardir.Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta torini kayd qilib otish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bolib, lekin irodaviy zor berishni talab qilmaydi. Masalan: bir oquvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U ozicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yolini tushuna boshlab misolni echadi. Oquvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bolmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda kozlangan maqsadlar bilan bogliq boladi va ongli qiziqishlar qollab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga oxshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zor berish deyarli bolmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.

4. DIQQATNING XUSUSIYATLARI



Diqqatning oziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bolinishi, kulami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bolgan tomonini ajratib korsatish kerak. Biz malum vaqt oraligidagi diqqat tolqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qozgatuvchilar orqali organiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bolsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bolishiga qaramay, bu ovoz bazan payqaladi, bazan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bolgan yoruglik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa roy beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Malum bolishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bolmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini korsatuvchi bir dalil boladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz ozgarmas obekt ustida toplashga imkoniyatimiz bolmasa ham, toqnash keladigan obektning ozgarishi va harakatchanligi bilan bolgan qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok oynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror obekt ustida uzoq vaqt davomida toxtab turolmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning ozida toplanib turishi mumkin. Malum bolishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi roy bermagan. Demak, oquvchilar butun dars davomida toxtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, oquvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda oquvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bolsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga otkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qoshilib va ozaro bir-biri bilan chirmashib, obekt bilan mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bolinishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning ozida ikkita yoki undan ham kop ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bolinishi mumkinmi? Otgan asrning oxirida otkazilgan ayrim tadqiqotlarning korsatishicha, ayni biror vaqtning ozida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror sherni oqish va shu bilan bir vaqtda qogozga katta bolmagan sonlarni qoyish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. Oz diqqatini bola olish bir qator kasblar uchun, masalan: o`quvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta ahamiyatga egadir.Oqituvchi darsda oquv materialini bayon etar ekan, ozining fikrini uozatib borishi, gapirayotgan gaplarini ozi eshitishi va shuning bilan birga, oquvchilar uni qanday eshitayotganlarini uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez otish qobiliyatidir. Diqqatning kochirilishiga bazan ayni bir vaqtning ozida idrok qilinadigan ikkita ozaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga togri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qozgatuvchining tasirini ayni bir vaqtning ozida darhol bilib bolmaydi.Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil boladi. Bu erda eshitish va korish qozgatuvchilari bir - birini kuchaytiradi. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda kopincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qoyadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yoli bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uozilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning kolamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron obekt ustida toxtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos boladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qozgatuvchilardan, ularning keskin ozgartirishlaridan tasirlanadi. Masalan: Tosatdan paydo boladigan qattiq ovozlardan harakatning ozgarishidan va boshqa narsalardan tasirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga tolgandan song yoki ikki yoshga qadam qoygan davrda paydo bola boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin orgatadilar. Bolalar oz diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga ozlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga togri keladi. Bolada, albatta juda sodda godaklik shakli bolsa ham onglilik namoyon boladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, malum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga orgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bogcha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun oyin katta ahamiyatga egadir. Bogcha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror boladi. Mashq qilish usuli bilan oz diqqatini toplash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi.Oquv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashgulotlarini intizomlashtiruvchi tasiri, dars davomida sinfda otirish, oquvchilarning sozlarini eshitish zaruriyati, chalgimaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ oynaydi. Har turli talim ishlari maktabdagi oquv mashgguloti ustida ongning yonalganligi va toplanganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari kopincha kuchli boladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli boladi.Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bola boshlaydi. SHuning uchun pedagog oqish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi oquvchi uzoq vaqt diqqatli bolishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni organayotgan oquvchi kino yoki biror oqigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan otirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan otiradilar. Ozi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan otirgan oquvchilar boshqa darslarda oqituvchilarning ancha tashvishga solib qoyishlari mumkin.Oquvchilarning oquv predmetiga munosabati, onga diqqat bilan qarashi kop jihatdan darsda oquvchining oquv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga toliq va chuqur oqita bilishga bogliq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda oquvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bolishiga olib keladi. Osmirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, oqitishning mazmunini jiddiy oylab korilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa osmir diqqatini boshqarishga halal beradigan bazi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay oz diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va toxtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U ozi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bolsa, ozini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. Osmirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham ozgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab oquvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, osmir esa ozining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat oqituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin.
5. DIQQATNING RIVOJLANISHI
Talim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulgayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning tasiri ostida osib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan korina boshlaydi. Bunda bola diqqatining toplanishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda oziga jalb qiladigan qozgatuvchilarning taassurotini engishga togri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bolishga va jamiyatda yashash koidalariga orgatadilar. Bolarning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning oz tashabbusi bilan ham osa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez osa boshlaydi. Oqish jarayonining ozi ixtiyoriy diqqatning hamda uning toplanishi va barqarorligining osishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulgaygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi osib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bolinishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni korishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qoliga ushlatib qoyib, ikkinchi qoliga boshqa narsa bersak, u birinchi qolidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati oz qolida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bolinuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning oyin faoliyatlarida, oqish va amaliy mehnat jarayonida osib boradi.Bolalarning yoshlari ulgaygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi osa boradi. Bu xususiyatlari oyin, mehnat va oqish jarayonlarida osadi. Oqish jarayoni uchun diqqatning malum darajada kuchli va barqaror bolishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining osishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining osishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos boladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qozgatuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, tasirli boladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, obektning tashqi tomonlariga koproq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga koproq qarashi, uni ogziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bola boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida oyin katta ahamiyatga egadir.
Agar bogcha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bolmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bolmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda oquv jarayoni muhim ahamiyatga ega, yani darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, oqituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz boladi. Maktab yoshidagi bolalar oz diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi oyin davomida faqat epizodik tarzda sodir boladi. Oquv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining osib borishidir. quyi sinf oquvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun oqituvchi oquvchilar diqqatini tarbiyalashda oquv materialining mumkin qadar qiziqarli korgazmalar, xilma - xil bolishiga harakat qilishi kerak, oquvchilarni faollashtirishga intilishi, mashgulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan oylab korishi lozim. Oquv faoliyatini togri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, osmirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. Osmirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, kop narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan joshqin gayrat, istak uygonadi. Bu bir tomondan, diqqatning toplanishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalgish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali osmir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yonaltirish va unda tutib turish imkonini beradi. Oqituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati orta yoshdagi oquvchilarning diqqatini togri tarbiyalashni taminlaydi. Bunday sharoitda osmirning ozi ham ozida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bogliq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan talimga oliy masuliyatli bolish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor songgi ixtiyoriy diqqatning, yani irodaviy diqqatning paydo bolishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.Kop yillik oqish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo boladi, uning natijasi yuqori sinf oquvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bolgan ish ustida oz diqqatini nisbatan engil toplay oladigan boladi.Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan organish qobiliyatiga ega boladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto osmir ham korgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj boladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda oqitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ oynaydi.
Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanliginingko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi.Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudiraopasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi.Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz.
Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.

XOTIRANING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI


Esda olib qolish nerv tizimining, miyaning egiluvchan,ya'ni o'zgaruvchanlik, qo'zg'atuvchilar ta'sirida o'zida go'yo bir iz tarzida qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday kishining miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, lekin uning darajasi har xil bo'ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning aktivligi va turli faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq ravishda rivojlanadi. Atrofini o'rab olgan borliqni aktiv bo'luvchi kishi o'zi miyasi faoliyatida beto'xtov kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi va tinch pasayishi natijasida xotira samarasini susayishiga, ba'zi paytda odamning toliqishi sabab bo'ladi. Dam olgandan so'ng yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o'tishi bilan susayadi. Masalan: keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi. Ilgari gapirgan gaplari esidan chiqib yana o'sha gapni gapiradalar. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarini hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o'zaro bog'lanishidir, biror buyumni esda olib qolish uni boshqa buyumlar bilan bog'lash orqali amalga oshiriladi. "Muvaqqat nerv bog'lanishlar" deb yozadi. I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham bo'ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir.Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir: Turli-tuman harakat, taassurot bo'lmasa harflar, so'zlar va fikrlar o'rtasida paydo bo'ladigan bog'lanishlarni psixologlar assosiasiya deb ataydilar. Odamning xotirasi ketma-ketlik, o'xshashlik, yani kontrastlik assosiasiyalarga asoslanadi. Ketma -ketlik assosiasiyalarning asosida narsa va hodisalarnnng fazoviy va vaqt munosabatlari yotadi. Masalan: har bir vaqtning o'zida ma'lum fazoda stol, stul, tarelka, qalam va kog'oz buyumlarni idrok qilar ekanmiz, biz shu narsalar o'rtasida fazoviy munosabatlarni o'z ongimizda mustahkam saqlab qolamiz, agar biz bu predmetlar bilan uchrashsak, u haqda eslasak, bizning ongimizda uning ustida bo'lgan boshqa predmetlar ham ko'uz ongimizga keladi.


XOTIRANING TARIXI
Xotiraning turlarini esda olib qolish va irsiy jarayonlarini amalga oshiradigan faoliyati xususiyatlariga bog'liqligi amalga oshadi, bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga (kriteriya) muvofiq ravishda bo'linadi.
1. Psixik aktivlik harakteriga qarab:
2. Faoliyat maksadiga kura, ixtiyorsiz va ixtiyoriy guruhga bo'linadi.
3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura: kiska muddatln va uzok, muddatli xotira turlariga bo'linadi.
EMOSIONAL XOTIRA tuyg'u- xissiyotga xos xotiradir. Emosiyalar tuyg'ular bizga extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qoldirilayotganligidan, atrofimizdagi olamga nisbatan bizning munosabatlarimiz qanday amalga oshiralayotganligidan doim xabar berib turadi. Masalan: biron kishining qayg'usiga, shodligiga hamdardlik bildirish, kitob qahramoni bilan birga qayg'urish emosional xotiraga asoslanadi, emosional xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda kuchli bo'ulishi mumkin. Obrazli xotira tasavvurlar tabiat va hayot manzaralari, shu bilan birga tovush, hidlar, ta'mlar bilan bog'liq xotiradir. Xotiraning bu turi ko'rish, eshitish, hid bilish va ta'm xotiralardan iboratdir.
SO’ Z–MANTIQIY XOTIRA
So'zlar bo'lmasa fikrlar ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantiqiy xotira deb bilmay, balki so'z mantiq xotira deb ataladi. So'z-mantiqiy xotirada ikkinchi signal tizimi asosiy rol o'ynaydi. So'z- mantiqiy xotira iisongagina xos xotiraning maxsus turidir.
IXTIYORIY VA IXTIYORSIZ XOTIRA
Faoliyat maksadga qarab xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo'linadi. Muayyan maqsadsiz biron narsani esda olib qolish yoki eslash, ixtiyorsiz esda olib qolish va iktiyorsiz qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. O'z oldimizga maqsad qo'yib esda olib qolsak, bu ixtiyoriy deb ataladi.Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira tarakkiyotining 2 ta ketma—ketboskichlarinii tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotira turmushimizda katta o'rin egallaydi. Ixtiyorsiz xotirada biz xech qanday irodaviy kuch sarflaymiz, hech qanday maqsad qilib quymaymiz.
QISQA MUDDATLI VA UZOQ MUDDATLI XOTIRA
Ma'lum bir material xotirada mustahkamlanishi uchun material sub'yekt tomonidan ishlab chiqarilishi kerak. Bu jarayon hozirgina bo'lib o'tgan hodisaning sub'yektiv jihatdan "aks-sadosi" sifatida yechiladi. Biz xotira mobaynida hozir bevosita idrok qilmayotgan, go'yo ko'rishda, eshitishda davom etamiz. Juda ko'p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni o'zaro muddat davomida esda saqlab qolish harakteri bo'lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig'ida idrok qilish va shu ondayok, qayta tiklashdan so'ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan harakterlanadi. Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operasiyalar uchun himmat qiluvchi onomik (xotira) jarayonlarini bildiradi. Xotiraning operativ birliklari deb ataladigan anashu qismlarning hajmi malum bir faoliyatni muvaffaqiyat bilan bajarishga muhim ta'sir ko'rsatadi.
Operativ xotirada qisqa muddatli, ham uzoq muddatli xotira materiaalaridan kelib qo'shiluvchi "ishchi qotishma" hosil bo'ladi.
4, XOTIRA JARAYONLARI
1) Esda qoldirish va uning turlari.
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarning miya po'stila iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po'stida muvaqqat nerv bog'lanishning vujudga kelishidir. Esda qoldirish aktivligi ikkiga bo'linadi.
a) ixtiyoriy esda koldirish
b) iesgiyorsiz esda koldirish
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maksad qo'yilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O'zining go'zalligi, emosional ta'sirchanligi, hajmi-harakatchanligi, tezligi, shakli va boshka xossalari bilan farq qiladigan narsa va xodisalar ixtiyorsiz esda oladi. Masalan: tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda oldindan maqsad quyib, mavzu belgilanadi.
1. Maqsad qilib quyish, institutga kirish oldidagi maqsad.
2. O'quv materiallarini tushunib esda qoldirish.
3. Esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, esga tushirish yo'li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qizikish qayta rol o'ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog'lik narsa va hodisalar beixtiyor oson qoladi. Biz ba'zi bir faktlarni bilsak, ular orasida tushuncha bo'lsa, bu faktlarga tegishli bo'lgan hamma narsalar oson esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda uning xayotiy tajribalarini kengaytiradi va boyitadi. Biroz ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo'lsa ham, ko'pincha noaniq bo'ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik zsga tushiriladi.Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtyyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus priyomlarini saqlagan holda, materialni puxta esda qoldirish uchun o'zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlashni ma'noli esda saqlash bilan qo'shilishi foydalidir.
Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling