Reja: Diqqatni umumiy tavsifi Diqqatning tanlovchanligini o`rganish metodlari


Download 336.36 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi336.36 Kb.
#1031417
Bog'liq
Slayd N3 (2)

Mavzu: Katta sinf o`quvchilarida diqqatning ko`chuvchanligi va taqsimlanishini eksperimental o`rganish

Mavzu: Katta sinf o`quvchilarida diqqatning ko`chuvchanligi va taqsimlanishini eksperimental o`rganish

Reja:

1. Diqqatni umumiy tavsifi

2. Diqqatning tanlovchanligini o`rganish metodlari

3. Diqqatning barqarorligi va to`planishini o`rganish

4. Diqqatning ko`chishini o`rganish


Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi, to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir. Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor-pertseptiv zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o`zida sub`ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo`naltirib va to`plab turishidan iborat.
Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko`rsatkichi sub`ektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi
Diqqatning ko`chishi, uning yo`nalishi va to`planishini bir ob`ektdan boshqasiga o`tishi tushuniladi. Uning ko`rsatkichi sub`ektning bir faoliyatdan boshqasiga o`tishining qiyinligida namoyon bo`ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, diqqatning ko`chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Asab tizimi harakatchan bo`lgan kishilar diqqatining ko`chishi oson, rigid - qotib qolgan bo`lsa, qiyin bo`ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko`chishi shaxs xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog`liq:
YUqorida sanab o`tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan bog`liq bo`lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir.

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 336.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling