Reja: Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Diqqatning hajmi. Diqqat hajmining individual xususiyatlari


Download 1.65 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1493367
1   2   3   4
Bog'liq
2 5280660181603069300

4.Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning ko’lami.
Diqqqatning ko’lami – diqqatga eng qisqa vaqt ichida sig’ishi mumkin bolgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat ko’lami tor yoki keng bo’lishi mumkin.
Diqqatning ko’chuvchanligi.
Diqqatning ko’chishi deganda, uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o’tishini tushunamiz. Diqqatni ko’chirishning nerv fiziologik asosi, asosan ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po’stida paydo bo’lgan optimal qo’zg’alish o’chog’ining o’rin almashtirishidir.
Diqqatning bo’linishi
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqat ayni vaqtda ayrim faoliyat turlariga bo’lina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentratsiyalashgan yoki to’plangan diqqat deyiladi.
Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining o’zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bn bog’liq bo’lsa bunday diqqat bo’lingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning kuchi turli darajada bo’lishi kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Diqqat kuchli bo’lsa, u diqqat obyektiga shuncha ko’p to’planadi va keraksz narsalarga kam chalg’iydi. Eng kuchsiz diqqat , tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to’g’ridan to’gri parishonlik deyiladi.
Uzoq muddatgacha bir narsaning o’ziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biror bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga chalg’isa, tez sustlashsa va so’nib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Parishonlik -diqqatni ma'lum bir ob'ektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqgincha holat bo'lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo'lishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo'lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo'lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob'ekt ustiga kuchli to'plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko'ra kelib chiqishi xam mumkin.
I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti, A.A.Uxtomskiy ilgari surgan dominantlik prinsiplari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtayi nazardan tushuntirish imkonini yaratdi. Shunday bo’lsada yana juda ko’plab nazariyalar mavjud. Shu jumladan psixologiya fanida diqqatni o’rganishning yana ikki xil nazariyasi mavjud.Birinchi nazariya negizida ongning bir nuqtada yo’nalganligi yotadi.Ikkinchi nazariyaga binoan uning zamirida organizmning orientirovka faoliyati turadi.
Jahon psixologiyasi fanida diqqat nazariyalari
Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan bo’lsa uni ko’rish mumkin. Diqqatni kishi psixik faoliyatini biron bir obyektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa obyektlardan chalg’itish mumkin.
N.F.Dobrinin
Obyektning paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Obyekt yo’qo’ganidan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir obyektga yo’naltirilishi va ongli holatini nazorat qiluvchi jarayondir.
P.Y.Galperin
1926-yilda, “Ustanovka va Diqqat” darsligi chop etiladi. Unga ko’ra qator obyektlardan bir obyektni ajratishdiqqatning subyektiv kechinmasidir va buni obyektiv hodisalar bilan taqqoslashsezgi organlarining ustanovkasidan- ishlash vaziyatidan iborat
K.N.Kornilov

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling