Reja: Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Diqqatning hajmi. Diqqat hajmining individual xususiyatlari


Download 1.65 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1493367
1   2   3   4
Bog'liq
2 5280660181603069300

Ixtiyoriy diqqat - ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan obyektga yo’nalish va unga to’planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangam maqsadsiz ravishda muayyan ob’yektga yo’naltirishi va unga to’planishidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa yoki hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi , sifati va b.l
Kasbga xos diqqat – ma’lum bir kasbga ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va obyektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat – ushbu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan bo’lib diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, songra unung ahamiyati tushunilgan sari o’z o’zidan qaratilib boriladigan diqqat turi
Qo’rquv diqqati - narsa va hodisalarni qo’rquv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon boladigan diqqat turi
Ichki diqqat – ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg’ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi
Tashqi diqqat – ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo’naltirish, ularda faol to’planadigan diqqat turi
Diqqatning fiziologik asoslari
1.I.P.Pavlov asoslariga ko’ra: diqqatning fiziologik asosi qo’zg’alish jarayonining bosh miya sharlar qobig’ining ayrim uchastkalarida to’planishi natijasida optimal qo’zg’alish o’chog’ining hosil bo’lishi va ayni vaqtda miya qobig’idagi boshqa nerv markazlarining ma’lum darajada tormozlanishi
2.A.A.Uxtomskiyning asoslariga ko’ra: Muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’aluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazi dominantadir. U markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo’zg’alish, impulslarni qabul qilib , ularga tegishli javob qaytaradida, boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi
Diqqatning xususiyatlari
1.Diqqaning ko’lami
2.Diqqatning ko’chuvchanli
3.Diqqatning bo’linishi

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling