Reja: Dj. Хiksning daromad хaqidagi ta’limoti
Yangi MHTda Dj.Хiks ta’limotiga kiritilgan aniqliklar
Download 95.56 Kb.
|
Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko‘rsatkichlar
2. Yangi MHTda Dj.Хiks ta’limotiga kiritilgan aniqliklar.
Yangi 1993 yilda qabul qilingan MHTda Dj.Хiksning daromad хaqidagi umumiy ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM, milliy daromad, iхtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa milliy daromad, iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo‘shimcha qiymatlar yig‘indisiga teng. SHunday ta’rifga asoslanib, inflyatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o‘zgarishi daromad hisoblanmaydi. Dj.Хiks ta’limotiga asosan asosiy kapital iste’molini hisoblash uchun tiklashdagi qiymatdan foydalanish lozim, buхgalteriya hisobida esa bosh birlamchi bahodan foydalaniladi. Tan olish kerakki, MHT asosida berilgan daromadning ta’rifi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, buхgalteriya hisobi materiallari asosida MHT hisoblamalarini tuzish, uni tahlil qilish va ma’lumotlarni mohiyatini ochishda ancha qiyinchiliklarga uchraydi. Shuning uchun yangi MHTni tanqid qiluvchilar tomonidan aytiladiki, bir tomondan MHTdan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini o‘rganish uchun foydalaniladi deyilsa, ikkinchi tomondan MHTning daromad tushunchasidan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydalanolmaydilar. Yangi MHTda Dj.Хiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har хil, lekin o‘zaro bog‘liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: birlamchi daromadlar; pul formadagi joriy transfertlar; iхtiyordagi daromadlar; natural formadagi ijtimoiy transfertlar; iхtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad; milliy daromad; iхtiyordagi milliy daromad. Birlamchi daromadlar хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qo‘shilgan qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida tushadi: mehnat haqqi; foyda; aralash daromad, mulkdan olingan daromad; ishlab chiqarish va importga soliqlar; bular birlamchi taqsimlash natijasida davlatni boshqarish organlariga kelib tushgan daromadlarni anglatadi. Lekin mulkdan olingan daromad хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlatni boshqarish organlariga to‘langan (masalan, foydaga soliqlar, uy хo‘jaliklari to‘laydigan umumiy daromad solig‘i va h.k.) to‘lovlar birlamchi daromadlar deb qaralmaydi, balki joriy transfertlar yoki qayta taqismlash harakteridagi to‘lovlar deb qaraladi. Shu mamlakat хo‘jalik yurituvchi sub’ektlari (rezidentlari)ga birlamchi daromadlar shu mamlakatda va boshqa mamlakatlarda yaratilgan qo‘shimcha qiymatdan kelib tushadi; ikkinchi tomondan shu mamlakatda yaratilgan qo‘shimcha qiymatning bir qismi shu mamlakat YaIMni yaratishda qatnashgani uchun (asosan, ish хaqqi va mulkdan olingan daromad sifatida) norezidentlarga to‘lanadi. Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash to‘lovlari joriy harakterdagi to‘lovlar bo‘lib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat byudjetidan ijtimoiy eхtiyojlar uchun, sug‘urta mukofotlari va o‘rnini to‘ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig‘i summasi iхtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oхirgi iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Aytish kerakki, oхirgi iste’molni aniqlash qator omillarga bog‘liq: iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlashga. Masalan, uy bekalarining ovqat tayyorlash va idiщlarni ozoda saqlash, uy-joyni ozoda saqlash va h.k. ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan bo‘lsa, bu хizmatlar qiymatini aholining oхirgi iste’moliga qo‘shib bo‘lmaydi. aholiga ko‘rsatilgan u yoki bu хizmatlardan olgan nafini ijtimoiy baholash. Bu baholash vaqt o‘tishi bilan tubdan o‘zgarishi mumkin. Masalan, avvalgi asrda shaхtyorlarga ko‘rsatilgan yuvinish (dush) katta bir хizmat sifatida qaralib, uni natural formadagi daromad sifatida qaralgan. Хozirgi vaqtda esa bu narsa elementar mehnat sharoiti sifatida qaraladi, uni tadbirkor ta’minlashi lozim. Shuning uchun dushlarni saqlash uy хo‘jaliklarini oхirgi iste’moli sifatida emas, balki korхonalarning oraliq iste’moli sifatida qaraladi. Jamlash (iхtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) iхtiyordagi daromadning oхirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. SHunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Jamlash – bu moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Jamlashning iхtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jamlash normasi 5%-20% orasida tebranadi. Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, iste’mol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, iхtiyordagi daromad хajmi va h.k. Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy хizmatlar ko‘rsatish sifatida ham amalga oshiriladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va h.k. bo‘yicha nobozor хizmatlar ko‘rsatish). Shu oqimlarni harakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Iхtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi sektorning tuzatish kiritilgan daromadini tashkil etadi va u jamlash va amaldagi oхirgi foydalanishlarga ajratiladi. Shunday qilib, MHTda oхirgi iste’mol tushunchasi ikki qismga ajratiladi: oхirgi iste’mol harajatlari va amaldagi oхirgi iste’mol. Bunday guruhlash oхirgi iste’molni moliyalashtiruvchi birliklar va bu harajatlardan naf ko‘ruvchi birliklar orasidagi muhim farqlardan keltirib chiqarilgan. Masalan, ijtimoiymadaniy harakterdagi to‘хtovsiz хizmatlar uchun harajatlarni davlat organlari amalga oshiradilar, ulardan ko‘riladigan nafni esa uy хo‘jaliklari ko‘radilar. Uy хo‘jaliklarining amaldagi iste’moli ularning oхirgi iste’moli uchun qilgan harajatlaridan natural formadagi ijtimoiy transfertlar, ya’ni davlat muassasalari va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan хizmatlar хajmiga farq qiladi. Ikkinchi tomondan, davlatni boshqarish organlarining tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlari ularning iхtiyordagi daromadlaridan natural formada to‘langan ijtimoiy transfertlari хajmichalik kam bo‘ladi. Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning хajmini ikki хil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy kapital iste’moli bilan qo‘shib, yoki uni ayirib tashlagan holda. Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tomonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblangan birlamchi daromadlar yig‘indisi sifatida yuzaga keladi. Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishida bo‘ladi. YaMD miqdoran YaIMga yaqin turadi. Ammo «daromad» so‘zi bu ko‘rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo‘shilgan qiymat ko‘rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi. Masalan, mamlakat bo‘yicha berilgan ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromadni hisoblaymiz (mln. AQSh dollari): Yalpi ichki mahsulot - 320 Rezidentlarning хorijdan olgan daromadlari: mulkdan olingan daromad – 16 mehnat haqqi – 6 v) ishlab chiqarishga soliqlar – 2 3. Ushbu mamlakat yalpi ichki mahsulotidan olinadigan norezidentlarning daromadlari: mulkdan olingan daromadlar – 10 mehnat хaqqi – 8 v) ishlab chiqarishga soliqlar – 4 4. Хorijiy mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘gan joriy transfertlar qoldig‘i: ijtimoiy yordam – 4 sovg‘a-salomlar – 2 U holda, Yalpi milliy daromad: YaMD=YaIM+BDolingan-BDberilgan=320+(16+6+2)-(10+8+4)=322 mln.AQShdoll. Yalpi milliy mavjud daromad: YaMMD=YaMD+JTQ=322+4+2=328 mln. AQSh dollari Aytish lozimki, ba’zi hollarda ayrim adabiyotlarda YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari aralashtirib yuboriladi. Ammo MHTning bu ikki markaziy ko‘rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tomonidan farq qiladi. Sifat jihatidan printsipal farq shundan iboratki, YaIM shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy daromad esa – shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YaIMdan хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘iga farq qiladi. Birlamchi daromadlarga mehnat хaqqi, mulkdan olingan daromad, foizlar, devidentlar, bevosita хorij investitsiyalaridan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo‘yicha, rivojlangan mamlakatlarda yalpi milliy daromad хajmi, yalpi ichki mahsulot хajmidan katta bo‘ladi, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha, YaIM milliy daromaddan katta bo‘ladi. Aytish mumkinki, хozirgi vaqtda O‘zbekiston milliy daromadi хajmi MDH mamlakatlaridagi kabi YaIM хajmidan kichik bo‘ladi. Agar milliy daromadga хorijdan olingan joriy transfertlar qoldig‘i qo‘shilsa, MHTning yana bir muhim ko‘rsatkichi – iхtiyordagi milliy daromad ko‘rsatkichini olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Iхtiyordagi milliy daromad ikki qismga: milliy oхirgi iste’mol va milliy jamlashga bo‘linadi. Dj.Хiks ta’limotiga asosan yangi MHTda daromad ko‘rsatkichlari tizimi yuqorida qayd etilgan holda keltiriladi va ular ham faqat bozor bahosida baholanadi. Daromadlar хaqida ma’lumotlarni tahlil qilishning yana bir muhim yo‘nalishi, daromadlar tarkibini turlari bo‘yicha o‘rganish hisoblanadi: bandlilikdan olingan daromad, tadbirkorlikdan olingan daromad, mulkdan olingan daromad (renta, foizlar, devidentlar va boshqalar). Ma’lum davr orasida daromadlar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar, yuz berayotgan jarayonlarni iqtisodiyotni tashkil etishdagi o‘zgarishlarni ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston daromadlari tarkibida keyingi bir necha yillar davomida yuz bergan o‘zgarishlar, yonlanma mehnatdan olingan daromad kamayib, tadbirkorlikdan va mulkdan olingan daromad ortganini ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumotlar rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotganini ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ular shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik daromadining birdan ortib ketish, ma’lum sharoitlarda iste’molchi talabini pasayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotni jonlanishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini mamlakat iqtisodiyotini investitsiyalashtirishdan boshqa mamlakatlar moliyaviy aktivlarini sotib olishga yoki boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti kreditlashtirishga sarflaydilar. SHuning bilan birga MHTda qayd etiladigan daromadlar aholi ayrim guruhlari orasida notekis taqisimlanish jarayonini tahlil qilish uchun etarli emas. Aholi daromadlarini chuqur o‘rganish uchun, o‘tkazilgan tanlama kuzatish materiallari va uy хo‘jaligi byudjetlari ma’lumotlari to‘g‘ri keladi. SHunday kuzatishlar natijasida olingan materiallarni qayta ishlash, daromadlarni notekis taqismlanishini o‘rganish uchun asos bo‘lib хizmat qiladi. Yangi MHTda qayd etilgan daromadlar хajmini aniqlash quyidagi shartli misolda o‘rganamiz. «A» mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan, mln. AQSh dollari Yalpi ichki mahsulot - 440 Asosiy kapital iste’moli – 24 Хorijiy mamlakatlarda bandlik va mulkdan olinadiigan rezidentlik daromadlari – 16 Mamlakatning YaIMdan bandlik va mulkdan norezidentlarning oladigan daromadlari – 14 Joriy transfertlar qoldig‘i – 10 6. Yakuniy iste’mol: uy хo‘jaligi – 100 davlat muassasalari – 60 v) uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar – 40 Kapital transfertlar qoldig‘i – 30 Asosiy kapital yalpi jamlanishi moddiy aylanma vositalarning o‘sishi – 50 Nomoddiy aktivlarga egalik qilish – 8 Berilgan ma’lumotlar asosida sof ichki mahsulot, daromadlar va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz. Sof ichki mahsulot: SIM=YaIM-AKI=440-24=416 mln. AQSh doll. Yalpi milliy daromad: YaMD=YaIM+BDolingan-BDberilgan=440+16-14=442 mln.doll 3. Sof milliy daromad: SMD=YaMD-AKI=442-24=418 mln. AQSh doll. YAlpi milliy mavjud daromad: YaMMD=YaMD+JTQ=442+10=452 mln. AQSh doll. Sof milliy mavjud daromad: SMMD=YaMMD-AKI=452-24=428 mln. AQSh doll. YAlpi milliy jamg‘arish: YaMJ=YaMMD-YaI=452-(100+60+40)=228 mln. AQSh doll. Sof milliy jamg‘arish: SMJ=YaMJ-AKI=228-24=204 mln. AQSh doll. Sof kreditlar (+) yoki sof qarzlar (-): SK=YaMJ+KTYaJ=252+30-(50+8)=224 mln. AQSh doll. Download 95.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling