Reja: Donli ekinlarni ahamiyati, xususiyati va rivojlanishi


KUZGI BUG‘DOYNI OZIQ MODDALARGA TALABI, FOIZ


Download 36.96 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi36.96 Kb.
#1505693
1   2   3
Bog'liq
Dukakli don ekinlarini o’g’itlash

KUZGI BUG‘DOYNI OZIQ MODDALARGA TALABI, FOIZ
(eng yuqori talabga nisbatan foiz)



O‘suv davri

Azot

Fosfor

Kaliy

Kuzda va erta bahorda

47

30

48

Boshoqlanish

71

68

88

Gullash

97

100

100

Sut pishish

98

97

96

To‘liq pishish

100

93

100



Kuzgi bug‘doyni yaxshi o‘sib rivojlanishi, qishlashi uchun kuzda fosforli-kaliyli o‘g‘itlarni ko‘proq, azotli o‘g‘itlarni esa kamroq qo‘llash kerak. Kuzgi bug‘doyni asosiy o‘g‘itlash ko‘p jihatdan o‘tmishdosh ekin turiga, o‘g‘itmeyori va tuproqunumdorligiga bog‘liq. Ushbu ekin erta bahordan jadal o‘sa boshlaydi. Shu bois ularning azotli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi bu davrda kuchayadi, ma’lumki, erta bahorda tuproqda azotning mineral shakldagi birikmalari juda kam bo‘ladi, chunki kuzgi-kishki davrlarda tuproqharorati past bo‘lganligi sababli ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari sust ketadi, mavjud nitratlar yuvilib va denitrifikatsiyalanib ketganligi sababli o‘simlik ildizlari o‘sgan qatlamda deyarli qolmaydi. Fosforli-kaliyli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirishning samarasi ularni kuzgi shudgor ostiga qo‘llagandagiga nisbatan juda kam bo‘ladi.
Kuzgi bug‘doy mahalliy o‘g‘itlarga juda talabchan bo‘lib, har bir gektar hisobiga 20 t go‘ng qo‘llanilganda olinadigan qo‘shimcha don hosili 3-6 sentnerni tashkil etadi.
Mineral o‘g‘itlarni kuzgi bug‘doy hosiliga ta’siri ko‘pincha tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni shudgor ostiga yoki tasma usulida o‘g‘itlashga moslashtirilgan SZ-3,6 va SZS-2,1 seyalkalari bilan qo‘llash kerak. Faqat kam miqdordagi fosforni (10-15 kg) qator oralariga berish uchun saqlab qolish kerak. Fosfor va kaliy o‘g‘itlarini to‘g‘ri miqdorini tanlash, o‘simlikda ko‘plab qand moddalarini to‘plashni ta’minlaydi, bu esa o‘simlikni sovuqqa chidamligini oshirib, ularni yotib qolishdan saqlaydi.
Azotli o‘g‘itlar samarodorligi tuproqunumdorligi past bo‘lgan yerlarda yuqori bo‘ladi. Asosiy o‘g‘itlashda azotli o‘g‘itlar plug ostiga, kultivatorlar bilan beriladi. Kuzda berilgan ortiqcha miqdordagi azot o‘simlikda qand moddalari to‘planishini kamaytirib yuboradi va o‘simlik qishdan yaxshi chikmaydi. Aksincha, azot yetishmasligi ham o‘simlikka saliy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham kuzgi bug‘doyni ekishdan oldin tavsiya etilgan azot miqdorini 1/3 qismi berilishi kerak. Lekin, bunda har bir gektar hisobiga beriladigan azot miqdori 60-70 kg dan oshib ketamasligi kerak.
Azotli o‘g‘itlar meyorini belgilashda rejalashtirilgan hosil miqdorini, o‘simlikda kuzda to‘planadigan azot miqdorini, o‘tmishdosh ekin turini va uni o‘g‘itlanganligini bilish zarur.
Qator oralariga o‘g‘it berish – bu muhim agrokimyoviy tadbir bo‘lib, bunda asosiy rol fosfor, kamroq azotga ta’luqli, kaliyning ta’siri sezilmaydi. Hator oralariga beriladigan oziq element miqdori N10Р10 kompleks o‘g‘itholida beriladi. Bu davrda yuqori meyorda azot va kaliy qo‘llanilsa urug‘larni unib chiqishi kamayib ketadi (tuzlar konsentratsiyasi oshib ketishi natijasida).
Turli tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug‘doyni erta bahorda azotli oziqlantirish yuqori samara berishi aniqlangan. Fosfor va kaliy samarasiz hisoblanadi. Azotli oziqlantirish samaradorligi shimoldan janubga qarab kamayib boradi. Umuman, kuzgi bug‘doyni bahorda 30 kg/ga azot bilan oziqlantirish, o‘rtacha 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olishni ta’minlaydi.
Kuzgi donli ekinlarni oziqlantirishda NH4NO3, СO(NH2)2, (NH4)2SO4, ishlatiladi. Eng samaralisi NH4NO3.
Kuzgi bug‘doyni har xil navlari oziq elementlariga turlicha talabchan bo‘ladi. Bu uning hosildorligiga va poyalarini yotib qolishga chidamligiga bog‘liq. Yuqori hosilli navlar oziq moddaga ko‘plab talabchan bo‘ladi.
O‘g‘itlarni qo‘llashni to‘g‘ri tizimini joriy etish, nafaqat kuzgi bug‘doy hosildorligini oshiradi, balkim uni sifatini ham yaxshilaydi.
Don sifatiga o‘simlikni gullash yoki sut pishish davrlarida ildizdan tashqari azotli oziqlantirish yaxshi samara beradi. Bunda hosildorlik sezilarli oshmaydi, lekin don tarkibidagi oqsil 0,5-2,0 foizga ortadi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda mochevinani qo‘llash yaxshi samara beradi. Bu vaqtda ildizdan tashqari sepiladigan eritma konsentratsiyasi 20-30 yoki 40-foizli bo‘lishi kerak.
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda kuzgi bug‘doy yetishtirish, yerlar shudgorlangandan keyin nam to‘plovchi sug‘orish bilan boshlanadi. Ushbu agrotexnik jarayon ta’sirida hosildorlik 1,5-2 marta ortadi. Keyingi rivojlanish davrlarida 2-3 marta sug‘orish o‘tkaziladi.
Sug‘orilib kuzgi bug‘doy eqiladigan yerlarda gektariga 15-20 t. Go‘ng o‘tmishdosh ekin ostiga beriladi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ham kuzgi shudgorlashdan oldin beriladi. Fosforli o‘g‘itlarni kam miqdori 10-15 kg/ga qator oralariga berish uchun olib kolinadi. Azotli o‘g‘itlarni 1/3 miqdori ekishdan oldin, asosiy qismi bahorgi oziqlantirishda, faqat 30-40 kilogrammi ildizdan tashqari oziqlantirishda beriladi.
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitlarda kuzgi bug‘doyga qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi. Karbonatli tuproqlarda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni o‘rtacha meyorda qo‘llash gektaridan 4-7,0 sentnergacha qo‘shimcha hosil yetishtirishni ta’minlaydi. Bunday yerlarda qo‘llaniladigan har bir kg npk hisobiga 7-8 kg don yetishtiriladi. Sug‘oriladigan sharoitlarda donli ekinlardan yuqori hosil yetishtirishda birinchi o‘rinda azot, undan keyin fosfor turadi. Kuzgi bug‘doyning turli navlariga mineral o‘g‘itlar turlicha ta’sir qiladi Muqobil o‘g‘it meyori berilganda bug‘doyning barg yuzasi,va hosildorlik turlicha bo‘ladi.


Mineral o‘g‘it meyorlarini kuzgi bug‘doy hosildorligi va barg yuzasiga ta’siri, s\ga , м2 (J..B.Xudoyqulov ma’lumoti ,TDAU)


N A V

O‘g‘itlash meyori

B A R G YU Z A S I

Hosildorlik,s\ga

кг\га

1ta o‘simlikdagi ,sm2

1 m2 dagi,m2

1ga dagi, m2\ga

Sanzar -8

N 50P 50К25

305,1

5,38

53,7

56,5

N 50P 50К25

300,0

5,54

55,4

59,0

N 100P 75К50

368,5

6,22

62,2

63,1

Avesto

N 50P 50К25

335,0

5,31

53,1

57,1

N 50P 50К25

344,1

5,83

58,3

60,5

N 100P 75К50

355,5

6,11

61,1

65,3

Turon

N 50P 50К25

370,5

6,.15

61,5

65,9

N 50P 50К25

402,5

7,09

70,9

72,8

N 100P 75К50

375,4

6,80

68,0

70,1



Kuzgi bug‘doy ekiniga beriladigan o‘git meyorlari turli usullarda berilganda olinadigan hosildorlik turlicha bo‘ladi.





O‘g‘it meyori va berish usulining bug‘doy doni tarkibidagi kleykavina va makaronlik xususiyatiga ta’siri



Variant

1983 y

1984 y

1985 y

1986 y

1988 y

O‘rtacha

Makaronlik xususiyati va kleykovina, gr

O‘g‘itsiz

30,9

30,9

30,5

31,2

35,2

31,7

+0,52

N 60 P60 K60 sochma

29,8

34,3

30,7

32,0

34,5

32,2

-0,74

N60 P60 K60 lokal

31,0

35,7

28,1

31,2

31,9

31,6

+0,01

N30 oziqlantirishda

34,1

32,2

29,7

33,1

38,0

33,4

-0,45

N60P60K60 sochma+N30 oziqlantirishda

34,4

35,0

29,9

33,5

38,7

34,4

-0,65

N60P60K60 lokal+N30 oziqlantirishda

35,1

34,9

30,6

32,8

33,2

33,3

-0,06



Sug‘oriladigan tuproqlarda donli ekinlarning kaliyga bo‘lgan talabi, asosan tuproqdagi kaliy zahirasi hisobiga qondiriladi. Lekin, kuzgi bug‘doydan imkon qadar yuqori hosil yetishtirish uchun azot va fosfor bilan bir qatorda kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llashga ham ehtiyoj seziladi.
Samarqand qishloq xo‘jalik institut olimlari N.Halilov va P.Bobomirzayevlar sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida turli azotli o‘g‘it meyorlarining qattiq bug‘doy texnologik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilmoqda.
Qattiq bug‘doy don hosili va sifatiga azotli o‘g‘it meyorlarining ta’siri
(Istiqlol navi, 2004-2005 yil ma’lumoti)

Download 36.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling