Reja: Duradgorlik dastgohlarini tuzilishi
Mexanik Yogochga ishlov berish jihozlari
Download 22.19 Kb.
|
Duradgorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- DURADGORLIK DASTGOHI
Mexanik Yogochga ishlov berish jihozlari.Mexanik Yog`ochga ishlov berish jihozlariga asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va b.dan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (mas, plitalar) ishlab chiqishda foydalanish mumkin Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va b. tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish sta nokl ar i changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi DURADGORLIK DASTGOHIDuradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgohlar har xil bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli holatda mahkam tutib turish uchun xizmat qiladi. Ustaxonadagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda mahkamlanadigan ish stolidan iborat. Bu stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarida ishlov berish, kerakli holatda mahkam o‘rnatish uchun teshiklar ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismidan kerakli asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli holatda mahkam o‘rnatish hamda bo‘shatib olish uchun ishlatiladi Download 22.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling