Reja: Duradgorlik dastgohlarini tuzilishi
Duradgorlik dastgohi 1 asos 2 qisqich 3 ish stoli 4 yordamchi uyalar 5 ishlov berish joyi 6 yordamchi tirgaklar 7 iskanja
Download 22.19 Kb.
|
Duradgorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arra turlari. 1 dastarra 2 burilma dastarra 3 chaspakli arra 4 chizg`a arra 5 burcharra
- ARRALAR
Duradgorlik dastgohi 1 asos 2 qisqich 3 ish stoli 4 yordamchi uyalar 5 ishlov berish joyi 6 yordamchi tirgaklar 7 iskanja.DASTGOH BILAN ISHLASHDastgohda ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda bajariladigan ishlar sifatli bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli sanaladi. Shu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar yetadi. Dastgohdan foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak emas. Dastgoh stolini kesish, chopish, arralash, bolg‘a bilan ortiqcha zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash lozim. Dastgoh stoli ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay holatda joylashtirish lozim a— sherxebel; b —taxta randa; v — mushranda: 1 — pona; 2 —kunda; 3 — tig‘; 4-temir pushtak; g — pushtakli tig‘; d — japs randa; 1 — tig‘; 2—pushtak; 3 — pona; 4 — dasta; 5 - bolg‘alash tugmasi Arra turlari. 1 dastarra 2 burilma dastarra 3 chaspakli arra 4 chizg`a arra 5 burcharraDuradgorlik iskanalariDURADGORLIK ISKANALARIDuradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har xil duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi. Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalarga bo‘linadi. Yo‘nuvchi iskanalar yordamida taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanad. ARRALARArralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda yog‘och ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. Arralar qo‘larra (dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p bo`lib ularning asosiy qismi polatdan tayyorlanadi Arra tanasining uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. DURADGORLIK — yog’ochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda ko’p tarmoqlardan iborat. Duradgorlik bilan shug’ullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, Najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. Duradgorlik tarmoqlarining hammasi uchun umumiy bo’lgan ish jarayoni — yog’och qirqish, tilish, yo’nish, randalash, parmalash va hokazolar. Shu tufayli Duradgorlik ustalari ishlatadigan asboblar, xom ashyolar (tut, yong’oq, jiyda, chinor, qayrag’och, tol, terak, eman, qarag’ay, arg’uvon, olcha, olma, o’rik, nok va boshqa daraxt taxtalari, g’o’lalari, elim, temir mix, yog’och mix va hokazolar) ham deyarli bir xil. Duradgorlik hunarmandlikning eng qadimgi turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar Duradgorlik ustalari etishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, o’simlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori Duradgorlikning ibtidoiy buyumlari ham qo’llanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yog’och soplari, yog’och qurollar (tayoq, yoy, nayza) va hokazolar uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari Duradgorlik kasbining ancha murakkablashganini, Duradgorlik buyumlarining xili ko’payganini ko’rsatadi. Kishilarning g’orlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yerto’la, paxsa uy va boshqalar) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf bo’lishi [mol qo’ralar qurish, omoch, g’altakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chig’ir, tarnov) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, o’roq, pichoq) uchun soplar ishlash] Duradgorlikning turli tarmoqlariga oid dastlabki namunalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Suv bo’yida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, Sollar, qayiqlar) paydo bo’ldi. Shu tarzda Duradgorlik hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida Duradgorlik tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Masalan, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri bo’lgan g’altakarava o’rnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, ho’kiz kabi hayvonlar qo’lga o’rgatilgach) va Duradgorlikning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmog’i rivojlandi. Uysozlikning dastlabki ko’rinishlari (chayla, chordoq, yerto’la kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, g’isht, yog’och uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va boshqalar) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, xari, to’sin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qo’yganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvoza va hokazolar tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Ko’p hollarda duradgorlar birvarakayiga Duradgorlikning bir necha tarmog’i bo’yicha ham ishlayverganlar (masalan, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qo’shildi. Uy-ro’zg’or buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora Duradgorlikning maxsus tarmog’ini tashkil etdi. Duradgorlikning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning ba’zi tarmoqlarining san’at darajasiga o’sib chiqishini ta’minladi. Asbobsozlik, yog’och o’ymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchi Duradgorlik ustalar bu tarmoqlarning yetuk san’at namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, g’ijjak, chang, doira, nay, surnay va hokazolar) yasovchi Duradgorlik kasblari paydo bo’ldi. Duradgorlik tarixida Xitoy yog’och pardozlash (sayqal, jilo berish, bo’yash, loklash) san’ati, Yevropa kemasozligi, o’zbek o’ymakorligi va hokazolar mashhur. O’zbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari o’ymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Ko’hna Urganch, Xiva, Panjikent va boshqa shaharlardagi 9-12-asrlarga oid ko’hna yodgorliklarda ishlatilgan yog’och materiallardan Duradgorlik me’morlikning ajralmas qismi bo’lganligini ko’rish mumkin. Bu davrga oid o’ymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qur’on oyatlari va she’riy misralar bilan bezatilgan. 14-15-asrlarga oid me’moriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda) Duradgorlik tarmoqlarining yanada mukammallashgani ko’rinadi. Duradgorlik uslublarida yog’ochlarni yo’nish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va silliqligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning o’rtalarigacha o’zbek ustalari an’anaviy Duradgorlikni davom ettirdilar, uning ba’zi tarmoqlarini shakllantirdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan o’zbek duradgorligi Yevropa va rus Duradgorlik elementlari bilan boyidi. Duradgorlik mahsulotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo bo’ldi. Sobiq Ittifoq davrida Duradgorlikning o’zbek xalqiga xos an’anaviy tarmoqlari (aravasozlik, beshiksozlik, egarsozlik va boshqalar) o’rniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va boshqalar) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xo’jalik jihozlari yasash kabi tarmoqlar rivojlandi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’zbek xalqining an’anaviy Duradgorlik uslublari qayta tiklanib, qadimiy Duradgorlik uslublari yangidan rivojlanmoqda. Duradgorlikda O’zbekistondagi har viloyatning o’ziga xos an’analari va uslublari qayta tiklanmoqda. Duradgorlik va duradgorlik ishlari uchun sizga, albatta, eng oddiy asboblar to'plami kerak bo'ladi: bolta, bolg'a, mix tortuvchi, chisel, bo'g'inli pichoq, pense va boshqalar. Vaqt o'tishi bilan va kerak bo'lganda, bu minimal to'plamni to'ldirish mumkin. yanada jiddiy ishlar uchun foydali bo'ladigan maxsus vositalar bilan. Professional duradgorning arsenalida har xil profilli keskilar, yog'och va metall uchun arra, jigsa, matkaplar to'plamiga ega elektr matkap va sirtni ishlov berish uchun silliqlash diski, har xil turdagi zımpara, fayllar bo'lishi kerak. va qismlarga sirt ishlov berish uchun turli chastotali tirqishli igna fayllari. Ushbu vositalarning ba'zilari qanday ish uchun mo'ljallanganligini bilish uchun ular bilan tanishish kerak. Download 22.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling