Reja: Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi


Download 30.87 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi30.87 Kb.
#1127719
Bog'liq
avto 10


Mavzu: Dvigatelning sovutish tizimini tuzulishi va ishlash tartibi.
Reja:

  1. Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi.

  2. Dvigatelning ishlash tartibi.

Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun zarur bo’lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turadi.
Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib ketadi, natijada uning quvvati kamayib, yorulg’i sarfi ortadi. Bulardan tashqari, karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonatsiya) yuzaga kelishi mumkin. O’ta qizish oqibatida podshipnik ichqo’ymalarining sidirilishi va erib ketishi, tirsakli val bo’yinlari sirtlarining buzilishi, porshenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro’y berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki buning oqibatida uning yorulg’i tejamkorligi yomonlashadi hamda xizmat muddati sezilarli darajada qisqaradi.
Avtomobil dvigatellarida asosan suyuqlik bilan, ba’zan esa havo bilan ishlaydigan sovitish tizimi qo’llaruladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi muhitga (havoga) tarqatiladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati 85-1000C bo’ladi.
Sovitish suyuqligi silindrlar btoki va uning kallagi bilan hosil bo’lgan qo’shaloq devorlar oralig’idagi bo’shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma orqali harakat ol
. Suyuqlik majburiy ravishda yuruvchi yopiq sovitish tizimining sxemasi
Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat yoki sovitish shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish suyuqligidan atrof-muhitga radiator orqali tarqatiladi.
Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizdan (etilenglikolning suvli eritmalari) foydalaruladi. “Tosol-A40” va “Tosol-A65”antifrizlarining muzlash harorati -40 va -650C ni tashkil etadi.
Havo bilan sovitiladigan tizimning o’ziga xos husisiyati, issiqlikni atmosferaga bevosita uzatilishdir. Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish qavariqlari, shamolparrak va deflektor (havo oqimini o’zgartiruvchi qurilma) yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish mumkin. Tizim-tuzilishi va undan foydalanish jihatidan ancha sodda, dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta’minlaydi, og’irligi katta emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchiliklariga shamolparrak yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqoriligini, ishlaganda shovqin chiqarashini, silindr balandligi bo’yicha issiqlikni bir xilda olib ketilmasligini kiritish mumkin.
Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimning tuzilishi
Markazdan qochma turiga mansub bo’lgan suyuqlik nasosi sovitish tizimidagi suyuqliklarning aylanishini ta’minlaydi. Nasosning chig’anoqsimon korpusida parrakli valikpodshipniklarda aylanadi. Valik korpusga va uning qopqog’iga salnik va manjet bilan zichlanadi. U shkiv va tasmali uzatma vositasida aylantiriladi.
Suyuqlik qisqa quvur orqali parrak markaziga keladi va birgalikda aylanadi. Markazdan qochma kuch suyuqlikm markazdan chetga (periferiyaga) qarab uloqtiradi. Natijada parrakning markazida bosim pasayib, chekkalarida ko'tarilib ketadi. Xuddi shu bosimlar farqi hisobiga suyuqlikning sovitish tizimidagi aylanishi amalga oshadi. Radiator dvigateldan issiqlikni olib ketuvchi suyuqlikni sovitish uchun mo'ljallangan. Sovitish, pastki va yuqorigi bakchalarni birlashtirib turuvchi o'zakni (serdsevina), havo bilan puflash hisobiga sodir bo'ladi. O'zak jez, mis yoki aluminiy trubkalardan va jez yoki po'lat-dan tayyorlangan sovituvchi qa-variqlardan iborat.

Radiator o'zagini havo bilan puflash jadalligini haydovchi o'rnidan rostlash mumkin. Buning uchun richaglar tizimi va dastakli tros yordamida jalyuz tabaqalarining holati o'zgartiriladi.


KaMAZ, “Jigulli”, GAZ- 24 "Volga" va AZLK-2140 avtomobillarining sovitish tizimiga, sovitish suyuqligi “Tosol”ni isishi (dvigatel ishlaganda) va sovishi (dvigatel to'xtagandan so'ng) tufayli hajmining o'zgarishini kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan kengayish idishi o'rnatiladi.
KaMAZ-740 dizeli tizimidagi kengayish idishida (22), "Tosol" sovitish suyuqligi sathini nazorat qiluvchi kran mavjud. Idish qopqog’i kiritish va chiqarish klapanlariga ega. Yuqorigi bakchaning quyish bo'g'zi radiator qopqog’i bilan berkitiladi. Qopqoqqa chiqarish (bug' chiqarish) va o'tkazish klapanlari o'rnatilgan. Sovitish suyuqligi harorati o'zgarishi bilan (demak, hajmi ham o'zgaradi), u bemalol klapan orqali, radiatordan kengayish idishiga o'ta oladi yoki aksincha. Agar suyuqlikning harorati 100°C dan ortib ketsa, o'tkazuvchi klapan bug'lar bosimi hisobiga yopiladi. Ammo tizimdagi bosim 0,05 MPadan ortgandan so'ng, chiqarish klapani ochiladi-da, qaynagan suyuqlikning bug'lari kengayish idishi tomon yo'naladi va o'sha yerda ular kondensatsiyalanadi (bug'dan suvga aylanadi).
Shamolparrak atmosfera havosini radiator o'zagi orqali so'rib, radiatorni puflanishini ta'minlaydi. Shamolparrak qanotlari yassi (listli) po'latdan yoki plastmassadan tayyorlanadi va Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish uchun ularga maxsus shaki beriladi. Shamolparrak yuritmasi tirsakli valdan ponasimon tasmali uzatma vositasida harakat oladi.
Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish va sovitish tizimining ishlashini yaxshilash maqsadida, uzib-ulanadigan avtomat yuritmali shamolparraklar qo'llaruladi.
VAZ dvigatellarining ayrim modellariga, yuritmasida maxsus elektr dvigatel bo'lgan shamolparrak o'rnatiladi. Bu shamol­parrak sovitish suyuqligining harorati 75 - 85°C ga yetganda avtomatik tarzda ulanadi, suyuqlikning bundan past haroratida esa u ishlamaydi. Termostat dvigatelning barqaror issiqlik rejimini avtomatik ravishda ushlab turadi. Odatda termostat, sovitish suyuqligini silindrlar kallagining sovitish g’ilofidan chiqish joyiga yoki suyuqlik quvuryo'lining dvigatelga kirish qismiga o'rnatiladi.
Termostatlar ikki xil, ya'ni suyuqlik va qattiq to'ldirgichli bo'ladi. Masalan, KaMAZ dizeli-ning termostati, suyuqlanish ha-rorati 70 - 83°C bo'lgan serezinli (neft mo'mi) qattiq to'ldirgichga ega. Dizeini qizdirish rejimida klapan yopiq bo'ladi va sovitish suyuqligi btokdan radiatorga o'tmaydi. Suyuqlik ochiq turgan klapan orqali o'tib, nasosning kirish qismiga yo'naladi. Bu rejimda sovitish suyuqligining kichik aylanish bo'yicha radiatorga o'tmasdan harakatlanishi dviga-telning qizishini tezlashtiradi.
Sovitish suyuqligi 84°C gacha isiganda, u bilan birga, termostat balloniga qamab qo'yilgan to'ldirgich ham qiziydi. Oqibatda to'ldirgich suyuqlanib, hajmi ortadi va ballonni o'ngga jildiradi, ya'ni klapanni ochadi va klapanni yopadi. Sovitish suyuqligi radiator orqali (katta aylanish bo'yicha) harakatlana boshlaydi. Suyuqlik harorati 93°Ega yetganda termostat klapani to'la ochiladi, klapan bo'lsa o'z o'rindig’iga zich joylashadi. Shu paytdan boshlab barcha suyuqlik radiator orqali aylanadi.
Download 30.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling