Reja: Egovlar tasnifi 2


Download 210.38 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi210.38 Kb.
#1703378
  1   2   3   4   5
Bog'liq
EGOV TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH


MAVZU: EGOV TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH




Reja:
1. Egovlar tasnifi
2. Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari
3. Egov turlari
4. Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash

govlar tasnifi
Egovlash metall yoki detallarga ishlov berish, ularning ma’lum qatlamining olib
tashlanishidir. Egov bilan detalga talab etilgan o’lcham bo’yicha shakl berish, detallarni
payvandlashga tayyorlash, detall yuzalarini tekislash, o’yiq, teshik va boshqa konstruktiv
elementlarga ishlov berish mumkin.




Egov po’latdan yasalgan ma’lum profilga
ega bo’lgan brusokdan iborat asbob.
Uning ishchi qismi, quyruq qismi, qirrasi
va ensiz tomoni bor. Ishchi qismi
kertiklardan iborat. Egovlar U10, U13A
va legerlangan po’latdan yasaladi.
Kertiklarni asosiy elementlari va turlari.
Kertiklar egov sirtida tish xosil qiladi.
Ular ishlov beriladigan sirtdan qirindi
chiqaradi. Egov tishlarini tish kertiklash
mashinalarida maxsus zubilalarda xosil

qilinadi, bundan tashqari, nakatklash


usuli bilan tish profillari yasaladi. Har
qanday tishning orqa burchagi, o’tkirlik
burchagi va oldingi burchagi bo’ladi.
Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari
Egovlarning dastalari zarang qayin, shumtol, presslangan qog’ozdan tayyorlanadi.
Ularning uzunligi egov quyrug’i uzunligidan 1,5 marta katta olinadi. Egovga dastani
mahkamlash uchun parmalab yoki kuydirib kichkina teshik ochiladi. Egovning quyrug’i shu
teshikka tiqiladi va dastani dastgohga urib mahkamlanadi. Dasta yorilib ketmasligi uchun
dastaga metall halqa kiydirib qo’yilgan.
Odatda detallar tiskilarga qisib qo’yib egovlanadi. Zagatovkaning ishlanadigan sirti tiski
jag’laridan sathidan 8-10 mm chiqib turadigan qilib gorizontal holatda mahkamlanadi. Agar
tiskilarga ishlov berilgan sirt mahkamlangan bo’lsa, ularni shikastlamaslik uchun tiski
jag’lariga burchaklik qo’yiladi. Ishlanadigan sirtlarda qolip aralashmasi, qasmoq, ifloslik, moy
bo’lsa, uni oldindan metall cho’tka bilan tozalab olish kerak.
Odatda, egovlash uchun 1 mm gacha qo’yim qoldiriladi. Qo’yim bundan katta bo’lsa,
ortiqchasini kesib tashlash yoki arra bilan qirqish lozim.



Download 210.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling