Reja: Egovlar tasnifi 2


Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash


Download 210.38 Kb.
bet4/5
Sana14.10.2023
Hajmi210.38 Kb.
#1703378
1   2   3   4   5
Bog'liq
EGOV TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH

Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash
Mexanik qurollar va egovlash stanoklaridan foydalanish egovlab kengaytirishni ancha
tezlashtiradi.
Uncha qalin bo’lmagan detallarda istalgan shakldagi teshikni «mexaniq chilangar»
tipidagi egovlash stanogida ishlash mumkin. SHu maqsadda o’ziga olib tashlangandan so’ng
zagotovka stanok stoliga qo’yiladi, teshikdan egov o’tkaziladi va kronshteynlarga
mahkamlanadi. Zagotovkani qo’lda egov tomonga surib va uning egovlanadigan joylarini
egovga yaqinlashtirib ishlanadi. Egovning tipi ishlanadigan teshikning shakliga qarab
tanlanadi.
Egiluvchan valli egovlash stanoklari turli detallarda istalgan joydagi teshikni ishlashga
imkon beradi. Bunda turli shakl va o’lchamdagi bor egovlardan foydalaniladi. Egiluvchan val
qiyin joylarni ishlashga, turli bor egovlar istalgan qiyofadagi teshikni ishlashga imkon beradi.
Zarur qurol egiluvchan valga mahkamlangan patronga o’rnatiladi. Egiluvchan valni uchidan

ushlab, egovni u yoqdan-bu yoqqa surib egovlash bajariladi. Bor egovlar o’rniga silliqlash


kallaklarini o’rnatib, ular yordamida pardozlash ishlarini bajarish mumkin.
Egovlab kengaytirish uchun elektr va pnevmatik egovlarni ham qo’llash mumkin.
Elektr egov elektr parmalagich I-90 ning uchligi hisoblanadi. Drelning elektr dvigateli
tirsakli valigi aylantiradi, u shatunni (shatun ish shtogi bilan sharnirli birikkan) va egovning
tepishini yumshatadigan plunjer bilan bog’langan shatunni harakatlantiradi. Patronga oddiy
egov mahkamlanadi. Dvigatelь ishga tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Pnevmatik drellarga o’rnatib ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan.
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga, ya’ni metallni
elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu metodning mohiyati
quyidagicha. O’zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan detalga yuboriladi. Ishlanadigan
teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini, detal esa anod vazifasini o’taydi. Maxsus
elektr magnit qurilma yordamida katod vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko’tarilganda
va tutashganda u bilan detal orasida elektr razryadlari hosil bo’ladi, detal eriydi va uning
zarralari suyuqlikka cho’kadi.
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi. Unga tok
manbaining mubat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi. SHpindelga elektr
qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim rostlagich va kondensatordan iborat.
Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol shakliga mos teshik ochiladi.
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan qattiqlikdagi
metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli teshiklar ochishga imkon beradi.
Elektr uchqunli ishlash usuli egovlab kengaytirishga nisbatan bir necha marta unumdor.

Kesuvchi asbob-parmaning o’z o’qi atrofida aylanma va ilgarilama harakat qilishi


tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi.
Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilьka va boshqa detallar uchun teshiklar
ochish, rezьba kesish, kengaytirish, zenkerlash uchun detallar hamda ularning qismlari
parmalanadi.
va
tsilindrsimon
(yo’naltiruvchi) qismlarga bo’linadi.
Kesuvchi qismida ikkita kesuvchi qirra (uchidagi burchak) va ular orasida, 45-55
burchak hosil qilib tutashtirgich joylashgan. Tutashtirgich ariqchalar orasida diametri 0,15-0,2
mm li o’zak borligi tufayli hosil bo’ladi. Parmalashda tutashtirgich kesmaydi. Balki metallni
qiradi. U parmani chetlatishga teshikni kengaytirishga yordam beradi.
Tasmalar-parma vint ariqchalari bo’ylab tsilindrsimon sirtda joylashgan ikkita ensiz
polosadir. Ular parmaning teshik doirasida ishqalanishini kamaytirish uchun xizmat qiladi,
parmani teshikka yo’naltiradi va chetga chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Diametri 0.25-0,5 mm
bo’lgan parmalar tasmasiz tayyorlanadi.



Download 210.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling