Reja: Egovlar tasnifi 2


Download 210.38 Kb.
bet2/5
Sana14.10.2023
Hajmi210.38 Kb.
#1703378
1   2   3   4   5
Bog'liq
EGOV TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH

Egovlash usullari.
Tekis yuzalarga ishlov berish. Yuzaning chetlari dumaloqlanmay, to’g’ri chiqishi
uchun egovni to’g’ri chiziq bo’yicha yuritish kerak. Ensiz sirtlar bo’ylamasiga yoki
ko’ndalangiga egovlanadi. Enli sirlarni egovlashda quyidagi ikki usulni qo’llash mumkin: har
gal egovni sirt enidan kamroq masofaga yurgizganda egov ko’ndalang yo’nalishda suriladi;
egov ayni vaqtda oldiga va yon tomonga suriladi.
Bo’yoq surib egovlash yo’li bilan sirtning tekisligi aniq chiqishiga erishish mumkin.
Egovlanadigan detalь yupqa bo’yoq qatlami sutkalgan plita bo’ylab suriladi. Sirtning chiqiq
joylariga bo’yoq tegib, botq joylari bo’yalmay qoladi. Bo’yoq tekkan joylar egovni doiraviy
usulda yurgizib egovlanadi.
900 burchak ostida yotgan sirtlarga ishlov berish. Oldin baza deb qabul qilingan sirt
egovlanib, uning tekisligi ta’minlangach, unga perpendikulyar bo’lgan sirt egovlanadi. Tashqi
burchaklar yassi egov bilan egovlanadi.


Egri chiziqli sirtlarga ishlov berish. Oldin zagatovka tayyorlab olinadi-hamma
tomonidan ishlanadi, profilli uchastkalari rejalanadi. So’ngra ortiqcha metall qirqib tashlanadi.
Egri chiziqli qavariq sirtlarni ikki usulda: egovni tebrantirib yoki tomonlar sonini ikki
marta ko’paytirib egovlash mumkin. Birinchi xolda egov ishlanadigan sirt bo’ylab yurgiziladi.
Ikkinchi usulda qo’ndalang yo’nalishda harakatlantiriladi.
Egri chiziqli botiq sirtlar egrilik raradiuslari qandayligiga qarab dumaloq yoki yarim
dumaloq egov bilan egovlanadi. Egov murakkab xarakatlantiriladi, ya’ni oldinga va o’z o’qi
atrofida buragan holatda bir tomonga surib yurgiziladi.
Tutashmalarni egovlashda egri sirtdan to’g’ri sirtga rovon o’tishi uchun oldin egri sirt
bo’ylama shtrix tushirib, keyin tekis sirt ko’ndalang shtrix tushirib egovlanadi.


Yupqa planstinkalarga ishlov berishda zagatovka yog’och plastinkalar orasiga olib
qisiladi va ular bilan birga egovlanadi. Lekin bunda egovning tishlari qipiqqa to’lib qolaveradi.
Plastik massalardan yasalgan detalь va zagatovkalarga ishlov berishda, ular tiskiga
mahkamlashda darz ketmasligi uchun tiski jag’lari bilan detalь orasiga fanera yoki mis,
yumshoq materialdan qilingan qistirma qo’yiladi.
Egovlangan sirtlarni pardozlashda bo’ylama, ko’ndalang yoki doiraviy shtrixlar
tushiriladi. Pardozlash ishlari mayda tishli egovlar, brusoklar va jilvirlash qog’ozlari bilan
bajariladi.

Download 210.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling