Reja: Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari


Ekologik ekspertizaning ilmiy-metodik asoslari


Download 147.66 Kb.
bet5/8
Sana05.11.2023
Hajmi147.66 Kb.
#1749647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu Ekologik ekspertiza faniga kirish. Ekologik ekspertizan-fayllar.org

Ekologik ekspertizaning ilmiy-metodik asoslari 
«Ekologik ekspertiza» tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo’nalishda talqin etiladi. 1) ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimidagi maxsus faoliyat tarmog’i; 2) ekologik ekspertiza-fan yo’nalishi; 3) ekologik ekspertiza o’quv fani.
Ekologik ekspertizaning mamlakat boshqaruv tizimida tarmoq sifatida shakllanishi uchun eng kamida quyidagi uchta sharoit bo’lishi kerak: 1) bunday tarmoqni shakllantirish uchun davlat manfaatining mavjudligi; 2) mustaqil tartibga solish (boshqarish) predmetini tashkil etuvchi tartibga solinadigan ekologik-iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarning yaqqol namoyon bo’lishi; 3) alohida metodlarda tartibga solishga extyojning borligi:
Bunday sharoit O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda paydo bo’ldi: mamlakatda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tarkibida yagona Davlat ekologik ekspertiza tizimi va ularning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi ekspert organlari tashkil etildi va ular faoliyat ko’rsatmoqda 1996 yilda ushbu tizimda 63 xodim ishlagan, murakkab muammolarni ko’rib chiqish uchun 300 dan ko’proq taniqli olimlar ekspert sifatida qatnashganlar. Ekologik ekspertiza qilingan ob’ektlar soni 1993 yilda 1860, 1994 yilda-2640, 1995 yilda-3712, 1996 yilda-4384 ta bo’lgan 1997 yilda «Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish tartibi» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan1. 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha nizom tasdiqlangan.
Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati bo’lib, u tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalarni uyg’unlashtirish, ekologik-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, xalqning ekologik mafaatlarini amalga oshirish bo’yicha ekologik ekspertiza usulini qo’llash asosida tabiatdan foydalanishning ekologik talablarga muvofiq kelishini aniqlaydigan va ularni nazorat qiladigan maxsus davlat boshqaruv tizimidir. Har qanday tizim kabi ekologik ekspertiza ham uni shakllantiruvchi omillar orqali birlashgan (integratsiyalashgan) ko’plab elementlardan tashkil topgan.
Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimida tarmoq sifatida asosan ekologizatsiyalash metodlaridan keng foydalangan holda o’z funktsiyasini bajaradi. Ushbu tarmoq ob’ektlari g’oyat xilma-xil bo’lib, ular tarkibiga quyidagilar kiradi: O’zbekistonning milliy ekologik tizimi tarkibiga kiradigan tabiiy ob’ektlar-er, foydali qazilmalar, suv, o’simlik va o’rmon, xayvonat olami; ekologik tizimning ayrim komponentlari (qismlari) - atmosfera xavosi, qo’riqxonalar, buyurtmalar; ishlab chiqarish faoliyati va antropogen ta’sirda bo’lgan ekologik tizimlar-qishloq xo’jaligi sohasida, qishloq xo’jaligidan tashqaridagi sohalarda, aholi yashash manzillari, rekreatsiya (dam olish) davolash-sog’lomlashtirish zonalari, Qurolli kuchlar ixtiyoridagi yerlar, ishlab chiqarish va istehmol chiqitlarini qayta ishlash va utilizatsiyalashni tartibga solish va boshqalar. O’z navbatida bu xilma-xil ob’ektlar yirik va murakkab makro ekotizimlar-tekislik cho’l (sahro), sug’oriladigan (antropogen) tekislik, tog’oldi-tog’ zonalari tarkibiga kiradi. SHu sababdan tarmoq ekologik ekspertizasi tarkibida cho’l, antropogen tekislik, tog’ yo’nalishlari ham ajratilishi kerak.
Ko’rsatilgan ob’ektlardan foydalanishni tarmoq yo’nalishida ekologik ekspertiza o’tkazishda tabiat muhofazasi bo’yicha qonun xujjatlari bilan bir qatorda, tabiat va jamiyatga xos qonuniyatlar ham hisobga olinishi kerak.
Ekologik ekspertiza fan sifatida endilikda shakllana boshladi. Xozirgi kunda uning ilmiy asoslangan kontseptsiyalari ishlab chiqilmagan. Lekin ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit mavjud. SHu munosabat bilan uning fan sifatida rivojlanishining quyidagi yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin: a) ekologik ekspertiza muammolari yo’nalishini tadqiq etishga tarixiy yondashish; b) dastlab umumiy qodilar va qonuniyatlarni, so’ngra xususiy yo’nalishlarni tadqiq etishga asoslangan mantiqiy yondashuvga amal qilish; v) tadqiq etilayotgan yo’nalishlarning xamma tomonlarini va aloqalarini ekologik-iqtisodiy yondashuvga asoslanib tekshirish va o’rganish.
Ekologik ekspertiza fan sifatida ekologik ekspertizaning tarmoq sifatidagi xususiyatlari, nazariyasi va amaliyoti to’g’risidagi bilimlar tizimidan iboratdir. Ushbu fanning predmetiga ekologik ekspertizaning yuqorida ko’rsatib o’tilgan tarmoq sifatidagi axboratlariga qo’shimcha, yana quyidagi mustaqil mavzular ham kiradi:
1. 
ekologik ekspertizaning ilmiy tadqiqot metodlari;
2. 
ekologik ekspertiza amaliyoti;
3. 
ekologik ekspertizaning rivojlanish tarixi;
4. 
ekologik ekspertiza manbalari (axboratlar va boshqalar);
5. 
ekologik ekspertizaning regional-zonal, hududiy xussusiyatlari va ularni tartibga solish ekspertizasi;
6. 
ekologik ekspertiza fanida qo’llaniladigan maxsus terminalogiyani bayon etuvchi terminlar (tushunchalar) apparati;
7. 
ekologik ekspertiza talablarini bajarish amaliyoti va tajribalari.

Ekologik ekspertiza fan sifatida ekologik ekspertizaning boshqaruv tizimidagi tarmoq sifatidagi xususiyatlari to’g’risida bilimlar tizimidan, shuningdek ekologik ekspertizaning ekologik ekspertiza to’g’risidagi o’quv fanidan tashkil topgan.


Ekologik ekspertiza o’quv fani sifatida quyidagi xususiyatlarga ega. Ekolog-ekspert ixtisosligi bo’yicha mutaxassis yoki ekologik ekspertiza sohasida ishlovchilar, ekologik ekspertiza xizmatidan foydalanuvchilar ushbu soha bo’yicha o’quv dasturlarida belgilangan ma’lum xajmdagi maxsus bilimlarga ega bo’lishi kerak. O’quv yurtlarini bitiruvchilarning minimum bilimlari ularning kelgusidagi ish faoliyati xususiyatiga bog’liq xolda belgilanadi. Ushbu kurs bo’yicha dasturlar ham shularni hisobga olib tuziladi. Ekologik ekspertizaning o’quv fani sifatida mazmuni amalda ekologik ekspertizaning fan sifatidagi xususiyatlariga asosan mos tushadi va ular bilan deyarli bir xil bo’ladi.
SHunday qilib «Ekologik ekspertiza» tushunchasi uch xil tarmoq, fan yoki o’quv fani sifatida talqin etiladi.



Download 147.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling