Reja: Ekotizm haqida tushuncha
Download 449.93 Kb.
|
3-Mavzu
SuksessiyaEkologik suksessiya ekologik jamoalarni tashkil qiluvchi turlarda vaqt oʻtishi bilan bir qator taraqqiy etib boruvchi oʻzgarishlar sodir boʻlishidir. Ekologlar odatda suksessiyani boshlanish nuqtasiga koʻra farq qiluvchi ikki turga ajratishgan: Birlamchi suksessiyada yangi paydo boʻlgan yoki shakllangan togʻ jinsi tirik organizmlar tomonidan birinchi marotaba ishgʻol qilinadi. Ikkilamchi suksessiyada tirik organizmlar tomonidan dastlab ishgʻol qilingan hudud buzilib ketadi, buzilishdan keyin esa qayta ishgʻol qilinadi. Suksessiyada koʻpincha turlarning xilmaxilligi past, barqarorligi kamroq boʻlgan jamoadan turlarning xilmaxilligi yuqori va ancha barqaror jamoaga oʻtib borish kuzatiladi,^11start superscript, 1, end superscript lekin bu universal qoida emas. Siz biror marta murakkab va xilma-xil oʻsimliklar va hayvonlar dunyosiga boy boʻlgan landshaft, masalan, oʻrmonlar qanday paydo boʻlganiga qiziqqanmisiz? Bir vaqtlar bu yerlar ochiq qoyalardan tashkil topgan boʻlishi kerak, lekin bugungi kunga kelib bu yerlarda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatib, birgalikda hayot kechiruvchi, har xil turlardan iborat populyatsiyalarga boy ekologik jamoalar yashaydi. Aftidan, ular bir tunda paydo boʻlib qolmagan! Jamoalarning qanday paydo boʻlganligi hamda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borishi ekologlarda katta qiziqish uygʻotib kelgan. Aslida ham ular koʻp vaqtlarini murakkab jamoalar, jumladan, oʻrmonlar qanday qilib boʻsh yer yoki yalangʻoch qoyadan paydo boʻlishini kuzatish uchun sarflashadi. Masalan, ekologlar vulqonlar otilishini, muzliklar yoki oʻrmon yongʻinlari orqaga chekinishini, yerlarning boʻshab qolishini va ochiq togʻ jinslarining paydo boʻlish joylarini oʻrganishadi. Ushbu joylarni oʻrganish mobaynida ekologlar ekologik jamoaning bosqichma-bosqich oʻzgarib borish jarayonini kuzatadi. Koʻp hollarda buzilgan hududlarda paydo boʻlgan jamoalarning tarkibi odatda koʻp yillar davomida bir necha oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu qator oʻzgarishlar ekologik suksessiya deyiladi. Download 449.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling