Reja: Elektr o`tkazuvchanlik guruhi


Download 422.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi422.34 Kb.
#1329333
  1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza Elektron qurilmalarning aktiv komponentlari.Yarim o’tkazgichlarning fizik asoslari



3- MA’RUZA
MAVZU: Elektron qurilmalarning aktiv komponentlari.Yarim 
o’tkazgichlarning fizik asoslari. 
 
REJA: 
1. Elektr o`tkazuvchanlik guruhi. 
2. O`tkazgichlarda valentlik.
3. p-n o`tish va uning ishlashi. 
4. Yarim o`tkazgichli diodning vol`t-amper xarakteristikasi. 
 
3.1 Yarim o`tkazgichli asboblar 
Ma`lumki, barcha eletrotexnikaviy materiyallar elektr o`tkazuvchanligi
jihatidan uch guruhga bo`linadilar:
1. o`tkazgichlar - elektr tokini yaxshi o`tkazuvchi materiyallar. Ular 
elektr tokiga juda kam qarshilik ko`rsatadilar. Metallar va ularning 
qotishmalari yaxshi o`tkazgichlardir; 
2. o`tkazmovchilar (dielektrik) - elektr tokiga juda katta qarshilik 
ko`rsatuvchi materiyallar. Havo, rezina, slyuda, shisha, ebonit, fosfor va 
hokazolar shular jumlasidandir; 
3. 
yarim o`tkazgichlar – elektr tokini o`tkazgichlarga nisbatan
yaxshiroq o`tkazadilar. Yarim o`tkazgichlar guruhiga kiruvchi moddalar
o`tkazgichlar va dielektriklarning birgalikda olingan guruhidan ko`p. Yarim 
o`tkazgich materiyallarning texnikada keng ishlatiladiganlari: germaniy, 
kremniy, selen, mis oksidi va boshqalar.
O`tkazgichlarda erkin (valent) elektronlar bor, shuning uchun o`tkazgichlarda 
tok erkin elektronlarning tartiblil harakati tufayli paydo bo`ladi. Yarim 
o`tkazgichlar va dielektriklarda esa atomdagi elektronlar bilan yadro orasida
kuchli bog`lanish mavjudligi tufayli erkin elektronlar bo`lmaydi. Shuning uchun 
ular o`tkazgich kabi ma`lum tomonga elektr toki “tashiy” olmaydilar. 
Yarim otkazgichlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularning elektr 
o`tkazuvchanligi harorat, yorug`lik, bosim ta`siri ostida, shuningdek tarkibiga 
ozgina boshqa moddalar aralashib qolganda o`zgarib ketadi. Chunki bu vaqtda 
yarim o`tkazgichlardagi erkin elektronlar soni oshadi, bu esa uning qarshiligini 
kamaytiradi. Absolyut nolga ( - 273 C) yaqin haroratda yarim o`tkazgich 
dielektrikka o`xshab qoladi, xona haroratida esa tok hosil qiluvchi zaryadlarning


soni ko`p bo`lmaydi, shuning uchun bunday yarim o`tkazgichning xususiy
o`tkazuvchanlik deb ataluvchi elektr o`tkazuvchanligi unchalik yuqori bo`lmaydi.
Yarim o`tkazgichlarning yana bir o`ziga xos xususiyati shundaki, ularning 
elektr o`tkazuvchanligi faqat manfiy zaryadlar – elektronlarninggina emas, balki 
musbat zaryadlar - teshiklarning ko`chishi bilan bog`liqdir. Sof yarim 
o`tkazgichda, masalan, germaniy kristalida teshiklar soni erkin elektronlar soniga 
teng. Agar shunday yarim o`tkazgichga o`zgarmas elektr kuchlanish berilsa, u 
holda yarim o`tkazgichda elektr maydoni ta`sirida elektronlarning manba musbat 
qutbi tomoni tartibli harakati yuzaga keladi. Natijada yarim o`tkazgichda elektr 
toki paydo bo`lib, bunda erkin elektronlar va teshiklar tok tashuvchilar bo`lib 
xizmat qiladi.
Agar yarim o`tkazgichga boshqa ba`zi kimyoviy modda qo`shib, undagi erkin 
elektronlar va teshiklar soni nisbati keskin o`zgartirilsa, bunday yarim o`tkazgich
aralashmali yarim o`tkazgich deyiladi.
Agar to`rt valentli germaniy kristaliga besh valentli, masalan, sur`ma
aralashmasi kiritilsa, sur`maning to`rt valent elektroni germaniyning to`rtta valent 
elektroni bilan juft bog`lanishga kirishadi. Sur`maning beshinchi elektroni esa 
erkin bo`lib qoladi va bunday aralashmali yarim o`tkazgichda elektronlar soni 
teshiklar sonidan ko`p bo`lib qoladi. Bunday yarim o`tkazgich elektron 
o`tkazuvchanlikli yoki n – tipli yarim o`tkazgich deyiladi. 
Agar to`rt valentli germaniy kristaliga uch valentli, masalan, indiy aralshmasi 
kiritilsa, juft bog`lanish uchun bitta elektron yetmaydi va ortiqcha musbat zaryadli 
teshik hosil bo`ladi. Bunday aralashmali yarim o`tkazgichda teshiklar soni 
elektronlarga nisbatan ko`p bo`lgani uchun u teshik o`tkazuvchanlikli yoki p - tipli 
yarim o`tkazgich deyiladi. Shunday qilib, n- tipli yarim o`tkazgichda asosiy tok 
tashuvchilar elektronlar, asosiy bo`lmagan tok tashuvchilar teshiklar; p-tipli 
yarim o`tkazgichda esa – aksincha. 
Demak, sof yarim o`tkazgichda boshqa kimyoviy elementlar atomlarini qo`shib, 
bir qismi p-tip, ikkinchi qismi n-tip o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan yarim 
o`tkazgich plastinkasini hosil qilish mumkin. Bunday yarim o`tkazgichdagi asosiy 
tok tashuvchilar bo`yicha qarama – qarshi bo`lgan sohalari chegarasida elektron – 
teshik (p-n) o`tish paydo bo`ladi. 
2, a-rasmda p-n o`tishga tashqi o`zgarmas kuchlanish manbai ulanmagan payti 
ko`rsatilgan. Bu holda n-sohadagi ortiqcha bo`lgan elektronlar p-sohaga o`tadi va
natijada kontakt chegarasida elektronlar soni kamayib, n-soha chegarasida musbat 
zaryad hosil bo`ladi. Xuddi shuningdek, p-sohadagi teshiklar n-sohaga o`tishi 
natijasida kontakt chegerasida teshiklar soni kamayib, p- soha chegarasida manfiy 
zaryad hosil bo`ladi.



Shunday qilib, ikki yarim o`tkazgich chegarasida asosiy tok tashuvchi
zaryadlari kam bo`lgan (chiziq bilan ko`rsatilgan) qatlam vujudga kelib, u asosiy 
zaryadlarning bir sohadan boshqasiga keyingi o`tishiga qarshilik qiladi. Bu qatlam

Download 422.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling