Reja elektr toki, uning tabiati va ta’siri. Tok zichligi. Ketma-ket va parallel ulash. Elektr yurutuvchi kuch (eyuk). Berk zanjir uchun Om qonuni. Vakuumda elektr toki. Elektron nur trubka. Kirish
Download 167 Kb.
|
M.F umumiy fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lampaning anodi asosi doyra yoki oval shaklida ishlangan silindr bolib, uning uki katod uki bilan bir. Diodning sxematik tasviri 173, b-rasmda kursatilgan.
- Elektronlar dastasining xossalari va kullanilishi
- Elektron-nur trubkasi
- Foydalanilgan adabiyotlar
Diod. Bir tomonlama o'tkazuvchanlikdan ikki elektrodli elektron asboblarda, ya'ni vakuumli diodlarda foydalaniladi. Hozirgi zamon vakuumli diodi (elektron lampa) bunday to'zilgan. Ichidagi xavo bosimi 10-6-10-7 mm sim. ust. ga tushguncha surib olingan shisha yoki metall-sopol ballon ichiga ikki elektrod qo'yilgan (173, a-rasm). Bu elektrodlardan biri katod bo'lib, u ustiga bariy, stronsiy, kalsiy kabi ishkoriy-yer metallarining oksidlari koplangan vertikal metall silindr shaklida ishlanadi. Bunday katod oksidli katod deb ataladi. qizdirilganda oksidli katodning sirti toza metalldan yasalgan katoddan kura ancha ko'p elektron chikaradi. Katodning ichida izolyasiyalangan o’tkazgich bo'lib, u uzgaruvchan tok bilan qizdiriladi. Agar anodning potensiali katodning potensiali-dan yukori bo'lsa, qizdirilgan katod chikargan elektronlar anodga yetib boradi.
Anod bilan katod orasidagi kuchlanish kanchalik yukori bo'lsa elektronlar bo'lutining fazoviy zaryadi shunchalik kam, anodga yetib boradigan •elektronlar soni shunchalik ko'p va binobarin, lampadagi tok kuchi shunchalik katta bo'ladi. Agar katodga oksid katlami koplangan bo'lmasa, kuchlanish ancha katta bo'lganda katoddan chikkan elektronlarning xammasi anodga yetib boradi va kuchlanish yanada orttirilgani bilan tok kuchi uzgarmaydi, tokning tuyinish x;olati deb ataladigan holat yuz beradi (176-rasmdagi punktir chiziq). Agar churlanish zanjiridagi reostatning karshiligi uzgartirish orqali katodning xarorati kutarilsa katoddan tobora ko'prok elektron chikadi. Katod atrofidagi elektronlar bo'luti zichrok bo'lib koladi. Tok tuyinish xolatiga anod bilan katod orasidagi kuchlanish kattarok bo'lganda erishadi va tuyinish tokining kuchi ortadi (176- rasmdagi ikkinchi punktir chiziq)- Oksid katodli elektron lampada tok tuyinish xolatiga yetmaydi, chunki buning uchun potensiallar ayirmasi shu qadar katta bo'lishi kerakki, bunday xolda katod yemirilib ishga yaramay koladi. Vakuumli diodlar yarim o’tkazgichli diodlar bilan bir katorda uzgaruvchan elektr tokini turrilashda ishlatiladi. Agar elektron lampaning anodiga teshik ochilsa, elektr maydonda tezlashgan elektronlarning bir qismi shu teshikdan uchib utib, anod orkasida elektronlar dastasini hosil qiladi. Katod bilan anod orasiga qo'yilgan kushimcha elektrodning potensialini uzgartirish yudi bilan dastadagi elektronlar sonini uzgartirish mumkin. Elektronlar dastasidagi tez hara-katlanuvchi zarralar modda bilan uzaro ta'sir qilishganda amalda kullaniladigan xilma-xil xodisa;lar yuz beradi. Elektronlar dastasining xossalari va kullanilishi.. Elektronlar dastasi jismga tushganda u ni isitadi. Elektronlar dastasining bu xossasidan xozirgi zamon texnikasida uta sof metallarni vakuumda elektronlar vositasida eritishda foydalaniladi. Tez harakatlanuvchi elektronlar moddaga urilib sekinlashganda Rent-gen nurlari paydo bo’ladi. Bu xossadan Rentgen trubkalarida foydalani-ladi, buni Siz XI sinfda o’rganasiz. Ustiga elektronlar yogdirilganda ba'zi modda-lar (shisha, rux, va kad-miy sulfidlar) yorug'lik niqaradi. Hozirgi vaqtda bunday moddalar (lyumi-noforlar1) orasida o’ziga tushgan elektronlar dastasi energiyasining 25 % gacha qismini yorug'lik energiyasiga aylantiradi-ganlari amalda qo’llaniladi. Elektr maydon elektronlar dastasini og'diradi. Masalan, kondensatorning plastinkalari orasidan o’tayotganda elektronlar manfiy zaryadli plastinkadan musbat zaryadli plastinka tomon og'adi . Elektronlar dastasi magnit maydonda ham og'adi. Magnitning shimoliy qutbi ustidan~ o’tayotganda esa o’ngga og'adi (178-rasm). quyoshdan kelayotgan elektron oqimlari Yerning magnit maydonida og'adi. Shuning uchun atmosferaning yuqori qatlamlaridagi gazlarning yorug'lik chiqarish hodisasi (kutb shafag'i) faqat kutblarda yuz beradi. Elektronlar dastasini elektr yoki magnit maydon yordamida boshkarish imkoniyatlaridan va lyuminofor surkalgan ekranning elektronlar dastasi ta'sirida yorug'lik chiqarishidan elektron-nur trubkalarida foydalaniladi. Elektron-nur trubkasi. Elektron-nur trubkasi televizor va ossillografning 2 asosiy qismi hisoblanadi. Ossillograf elektr zanjirlarida bo’ladigan tez o’zgaruvchan jarayonlarni tadkiq qilishda ishlatiladigan asbobdir. Elektron-nur trubkasining tuzilishi ko’rsatilgan. Bu asbob ichidan havosi so’rib olingan ballon bo’lib, uning devorlaridan biri ekran vazifasini o'taydi. Trubkaning tor uchida tez elektronlar manbai, ya'ni elektronlar zambaragi turadi. Zambarak katod, boshqaruvchi elektrod va anoddan iborat (ku-pincha bir necha anod bir-ketin turadi). Silindrik S katodning issiklikdan himoya qiladigan N ekran bilan uralgan qizdi-rilgan oksidli katlami elektronlar chiqaradi. Keyin bu elektronlar boshkaruvchi silindrik V elektroddagi teshikdan utadi (boshkaruvchi elektrod dastadagi elektronlar sonini rostlab turadi). A1 va A2. anodlarning g'ar biri metall silindrga kirgizib qo'yilgan mayda-mayda teshikli diska-lardir. Birinchi anod bilan katod orasida bir necha yuz va hatto bir nechaming volt potensiallar ayirmasi hosil qilinadi. Kuchli elektr maydon elektronlarni tezlashtiradi va okibatda ular katta tezlik oladi. Anodlarning shakli, joyla-shish tartibi va potensiallari shunday tanlanganki, bunda elektronlarning tezlashishi bilan birga elektronlar dastasi fokuslanadi ham, ya'ni dastaning ekrandagi kundalang kesimi nuqtaga aylanguncha kichrayadi. Elektronlar dastasi ekranga tomon bosib utadigan yulida ikki juft boshkaruvchi plastinkalar orasidan o'tadi (bu plastinkalar yassi kondensator plastinkalariga uxshaydi). Agar plastinkalar orasida elektr maydon bo'lmasa, dasta osmaydi va yorur nuqta ekranning markaziga tushadi. Vertikal joylashgan plastinkalarga potensiallar ayirmasi berilsa,dasta gorizontal yunalishda siljiydi, gorizon-tal joylashgan plastinkalarga potensiallar farqi berilsa, dasta vertikal yunalishda siljiydi. Ikkala juft plastinkalarni birgalikda ishlatib, yorug nuqtani ekranda istagan yunalishda siljitish mumkin. Elektronlarning massasi juda kichik bo'lgani uchun boshkaruvchi plastinkalarning potensiallari farqi uzgarishini darhol sezadi. Televizorda ishlatiladigan elektron-nur trubkasida (kineskopda) elektronlar zambaragi xosil qilingan dasta magnit maydon yordamida Boshqariladi. Bu magnit maydonni trubkaning bo’g'ziga kiydirilgan g'altaklar hosil qiladi. Elektron-nur trubkalari elektron-hisoblash mashinalariga. EHM larga) ulanadigan qurilmalarda, ya'ni displeylarda keng qo’llaniladi. Displeyning televizor ekraniga o’xshagan ekraniga EHM yozilgan, olgan va ishlab chikargan axborot beriladi. Har qanday tilda yozilgan xatni, turli jara-yonlarning grafiklarini, real narsalarning tasvirini, shuning-dek, EHM ning programmasiga yozib olingan qonunlarga bo’ysu-nuvchi faraziy ob'yektlarni ekranda bevosita ko’rish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika kursini o’qitishda nazariy bilimlar bilan birgalikda amaliy hamda laboratoriya ishlarini bajarish muhim ahamiyatga ega, chunki amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarning nazariy bilimlari tajriba va hisoblashlar orqali mustahkamlanadi. Bu mavzu orqali biz elektr toki haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishimiz mumkin . Oldingi maktab vaqtlarida egallagan bilimlarimizni mustahkamlab yanada yangi bilimlar bilan boyitishga yordam beradi. Bu mavzu elektr tokining tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar Sh.M.Mirziyoyev Milliy taraqqiyot yo`limizni qat`iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko`taramiz. Toshkent. “O`zbekiston” 2017- 592 b. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O`zbekiston” 2017- 488 b. Sh.M.Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Toshkent. “O`zbekiston” 2017.-104 b. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent. “O`zbekiston” nashryoti 1997. M.Mamadazimov. “Umumiy astranomiya” Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 M.H. O’lmasova “Elektrodinamika asoslari” Toshkent 2004 A.A.Abdumalikov “Elektrodinamika” Toshkent- 2007 www.pedagog.uz www.ziyonet.uz www.edu.uz Download 167 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling