Reja: Elektrod turlari: Normal element Vodorod elеktrod


Download 491.36 Kb.
bet2/8
Sana23.09.2023
Hajmi491.36 Kb.
#1686514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu ELEKTRODLAR

MeA, Az-| Me
Masalan, AgCl, KCl|Ag – xlor kumush elektrodi
Hg2Cl2, KCl|Hg – kalomel elektrodi
II-tur elektrodlarning potentsial qiymati yaxshi eriydigan tuz anioni kontsentratsiyasiga bog‘liq va anionga nisbatan qaytar bo‘ladi.
Ular oson tayyorlanadi va laboratoriyalarda taqqoslash elektrodi sifatida ishlatiladi, chunki ularning elektrod potentsiallari doimiy qiymatga ega.
Xlor kumush elektrodi quyidagicha tayyorlanadi:
-kumush sim AgCl bilan qoplanadi va KСl ning to‘yingan eritmasi solingan idishga tushiriladi. Idish tubidagi mikroteshik orqali KCl tekshirilayotgan eritma bilan kontaktda bo‘ladi. Potentsial farqi Ag+/Ag chegarasida hosil bo‘ladi. Elektrodda ketadigan asosiy jarayon bo‘lib, unga kumush xloridning erishi va cho‘kishi sabab bo‘ladi:


AgCl bilan bir xil anionga ega bo‘lgan KСl eritmasi kumush xloridning eruvchanligini kamaytiradi. Demak, berilgan haroratda va KСl ning ushbu kontsentratsiyasida kumush ionlarining kontsentratsiyasi doimiy. Bu xlorkumush elektrodining potentsiali doimiyligiga sabab bo‘ladi.
Bu elektrodning potentsiali xlor ioni kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(2.23)


Kalomel elektrodining bir necha turlari mavjud:
1) normal kalomel elektrodi - [KCl] = 1n
2) to‘yingan kalomel elektrodi
Yasalishi: - idish tagiga simob, uning ustiga Hg2Cl2 pastasi va KCl ning to‘yingan eritmasi solinadi. Idish tubiga platina plastinkasi kavsharlangan, u mis simdan yasalgan o‘tkazgichga ulanadi. Mis o‘tkazgich shisha naychaga maxkamlangan. Platina plastinkasi elektron tashuvchi vazifasini bajaradi. Elektrodda ketadigan asosiy jarayon: va elektrod potentsiali
yordamida hisoblanadi.

2.7-rasm. Kalomel elektrodi
Kalomel elektrodining potentsiali turg‘un. Harorat o‘zgarishi bilan kam o‘zgaradi:


Download 491.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling