Reja: Elektromagnit momenti
Download 490.08 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Elektromagnit moment
Mavzu: Asinxron mashina energetik diagrammasi Reja: Elektromagnit momenti Elektromagnit momentni elektromagnit quvvat orqali aniqlash. Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi 7.1-rasm. Asinxron motor energetik diagrammasi energiyani oladi va mexanik energiyaga aylantiradi. Bu jarayonda motorda energiya isroflari bo‘ladi. Asinxron motor tarmoqdan (7.1) aktiv quvvat oladi. Bu quvvatning bir qismi stator chulg‘amidagi elektr isroflari (7.1-rasm) (7.2) va stator magnit o‘zagidagi magnit isroflariga sarf bo‘ladi . Aylanuvchi magnit maydon vositasida rotorga elektromagnit quvvat uzatiladi . (7.3) Elektromagnit quvvatning bir qismi rotor elektr zanjiridagi isrofga sarf bo‘ladi , (7.4) qolgan qismi esa foydali mexanik quvvatga aylanadi . (7.5) Rotor aylanishida podshipniklardagi ishqalanish va aylanuvchi qismlarining havoda ishqalanishi natijasida mexanik quvvat isrofi bo‘ladi. Bundan tashqari tarqoq magnit oqimlari, stator va rotor po‘lat o‘zagi tishlarida hamda yaxlit po‘lat qismlarida magnit maydonning o‘zgarib turishi natijasida ham qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘ladi. Asinxron motorning to‘la mexanik quvvati R2 mexanik isrof va qo‘shimcha isroflarni ayirib, motor orqali ishchi mexanizmga uzatilayotgan foydali quvvat R2 aniqlanadi . (7.6) 7.2. Elektromagnit momentElektromagnit momentning analitik ifodasini birnecha usullar - elektromagnit kuchlar ifodasi yordamida yoki elektromagnit quvvat ifodasi yordamida aniqlash mumkin. Quyida shularni alohida ko‘rib chiqamiz. Elektromagnit momentni elektromagnit kuchlar yordamida aniqlash. Asinxron mashinaning elektromagnit momenti rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridan oqib o‘tayotgan tokning aktiv tashkil etuvchisi (I2 cos2) va stator chulg‘ami aylanuvchi magnit maydon Fmax bilan ta’siri natijasida (Amper qonuni asosida) elektromagnit Fem=Bli kuch tufayli (7.1-rasm) vujudga keladi. Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagicha aniqlana M=SMFmaxI2cos2, (7.7) bunda: SM = rm2kch.2 / – o‘zgarmas kattalik; Fmax – magnit oqimning maksimal qiymati. Ushbu ifoda faqatgina asinxron mashinalar uchungina taalluqli bo‘lmay, balki elektr mashinalarining barcha turlari uchun ham tegishlidir. Bu ifoda moment qiymatining motorda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatadi. Undan motorning har xil rejimlardagi ish jarayonini sifat jihatdan tahlil qilishda foydalanish qulay hisoblanadi. 7.2-rasm. Havo oralig‘idagi magnit induksiya (Bδ), rotor chulg‘ami toki (i2) va elektromagnit kuch (FЭМ) Lekin bu ifodaga kirgan (Fmax, I2 va cos2) kattaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoq kuchlanishi va mashinaning ish rejimi bilan bog‘lanmagan, ularni tajribada aniqlash esa ancha murakkabdir. Shu sababli quyida elektromagnit momentning qiymatini eng oddiy aniqlash, unga mashinaning har xil parametrlari va ekspluatatsion rejimlarining ta’sirini hisobga olish imkonini beradigan boshqa ifodasi keltirib chiqariladi. Download 490.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling