Reja: Elektromagnit momenti
Download 490.08 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik tavsifni katalog qiymatlari yordamida qurish.
Ishga tushirish momenti. Asinxron motorni ishga tushirish uchun stator chulg‘amini elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda, rotor aylanish tezligi miqdori tarmoqqa ulanish onidadayoq 0 dan nominalgacha o‘zgarib qolmaydi. Tezlikning bunday o‘zgarishi uchun biror “ishga tushirish davomiyligi” deb nomlangan (tIsTush) muddat o‘tishi zarur. Shu muddatning boshlanishida, ya’ni stator tarmoqqa ulangan, ammo rotor aylanma harakat olishga ulgurmagan onda rotor sirpanishi s=1,0 bo‘ladi. Motorning elektromagnit momenti (7.14) ifodasiga s=1,0 qo‘ysak, motorning ishga tushirish quvvati Mi.t aniqlanadi
(7.13) Bunda, maxrajdagi qarshiliklar r2qt+x2qt= z2qt ekanligini e’tiborga olsak, ishga tushirish momentining kuyidagi ifodasi hosil bo‘ladi (7.14) bunda Ii.t – sirpanish s =1 bo‘lgandagi ishga tushirish toki. Ifoda (7.14) dan ko‘rinadiki, motorning ishga tushirish momenti asosan ishga tushirish tokining kvadrati ga proporsional bo‘lar ekan. Undan tashqari zarurat tug‘ilganda qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinada «olmaxon katagi» turidagi chulg‘am qarshiligini oshirish mumkin bo‘lgan maxsus konstruksiyada ishlab chiqarib, faza rotorli motorda esa rotor chulg‘amiga qo‘shimcha aktiv qarshilik ulash yo‘li bilan ishga tushirish mumkin bo‘lib, s =1 bo‘lgandagi momentini oshirish va tokni kamaytirish imkoniyatini hosil qilish mumkin ekan. Davlat Standartining talabiga ko‘ra, asinxron motor nominal yukda ishga tushishi uchun quyidagi shart bajarilishi, ya’ni ishga tushirish momentining karraligi ki.t = Mi.t/ Mmax 1 bo‘lishi kerak. Mexanik tavsifni katalog qiymatlari yordamida qurish. (7.7) va (7.28) ifodalarga asosan asinxron motorning elektromagnit momenti quyidagiga teng (7.15) Motor validagi mexanik yukning o‘zgarishi bilan magnit oqim o‘zgarmaydi, shu sababli const deb hisoblash mumkin. Ifoda (7.8)dan aniqlangan momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olinib, uni 0 ga tenglashtirib, kritik sirpanish skr qiymatini topish mumkin, ya’ni . U holda maksimal moment quyidagiga teng bo‘ladi (7.16) Ifoda (7.15) ni (7.16) ga bo‘lib ixchamlashtirishdan keyin nisbiy birliklarda hisoblashga qulay bo‘lgan quyidagi soddalashgan bog‘lanishga ega bo‘lamiz (7.17) Bu ifodani Kloss formulasi deyiladi va u ba’zi amaliyotdagi taxminiy hisoblarda qo‘llaniladi. Ifoda (7.17) bo‘yicha hisoblashda aniqlik katta bo‘lmaydi, chunki stator chulg‘amidagi kuchlanish pasayishi e’tiborga olmagan. Ammo asinxron motorning sirpanish kichik qiymatlarida (s0 dan skr gacha) tekshirishda magnit oqim juda kam o‘zgarishi sababli, bu ifoda amaliyotda dastlabki tahlil uchun etarli bo‘lgan tezkor natija beradi. Download 490.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling