Reja: Elektromagnit momenti


Download 490.08 Kb.
bet3/5
Sana29.01.2023
Hajmi490.08 Kb.
#1139982
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mexanik tavsif


Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichik) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M valdagi moment MYK ga teng deb bo‘ladi. Bundan buyon, elektr motori uchun qilinayotgan tahlillarda «elektromagnit moment M» iborasi o‘rniga «aylantiruvchi moment M» iborasi ishlatiladi.
Stator chulg‘ami kuchlanishi nominal U1U1N bo‘lgandagi M =f (n) yoki M =f (s) bog‘lanish asinxron motorning mexanik tavsifi (7.3,a-rasm) deyiladi.
Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi (yoki mexanik tavsif) M =f (s). Mexanik tavsifni qurish uchun (7.14) ifodadan foydalanish mumkin. Bunda parametrlar o‘rniga qiymatlari qo‘yilib, so‘ngra sirpanish s ga xar hil qiymatlar berib, asinxron motor uchun izlangan mexanik tavsifni quriladi (7.3,a-rasm).

7.3-rasm. Asinxron mashinaning motor (a) va barcha rejimlari uchun qurilgan mexanik tavsiflari (b)
Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (para­metrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (dM / ds = 0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz
. (7.9)
Agarda c1 1 va qiymati ancha kichik bo‘lgani uchun r1  0 deb hisoblansa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
, (7.9,a)
Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (7.9) dan skr ning qiymatini (7.8,a) ga qo‘yib hisoblanadi
(7.10)
(7.9), (7.9,a) va (7.10)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga taalluqli (7.2,b-rasm).
Umumiy qo‘llanish asinxron mashinalar uchun stator chulg‘ami­ning aktiv qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan [  , ya’ni taxminan 1012 foizini tashkil qiladi] ancha kichik bo‘lgani sababli r10 deb, hamda s11 ekanligini e’tiborga olib Mmax ning soddalashgan ifodasini aniqlaymiz
(7.10,a)
Ifoda (7.10)ning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimida ishlaganida, uning maksimal momenti Mmax.G motor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Asinxron motorning maksimal momenti tarmoq kuch­lanishi kvadratiga proporsional ekan, ya’ni M   . Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10 % ga kamaysa elektromagnit moment M= 0,92M = 0,81MN ga, ya’ni 19 % ga kamayadi va motor ishlashining turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi.
Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MDavlat standarti tomonidan qat’iy belgilangan, ya’ni kM  1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha etadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobili­yati­ni xarakterlaydi.
Ifodalar (7.9) va (7.10) ning tahlilidan quyidagi muhim xulosalarga kelamiz
1) kritik sirpanish skr rotor zanjirining aktiv qarshiligi r2 ga proporsional ravishda o‘zgaradi;
2) maksimal moment Mmax ning qiymati rotor zanjiri aktiv qarshiligi r2 ga bog‘liq emas;
3) asinxron motorning maksimal momenti Mmax va o‘ta yuklanish qobi-liyati kM asosan stator va rotor chulg‘amlari tarqoq induktiv qarshiliklari (mos ravishda x1 va x2) yig‘indisiga teskari proporsional;
4) maksimal moment Mmax har qanday sirpanishdagi moment singari ga proporsionaldir, ya’ni berilayotgan kuchlanish kamayganda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati keskin pasayadi.
M= (s) - mexanik tavsifning motor rejimida o‘zgarish xarakteri quyidagicha tushuntiriladi. YUk momenti yuksiz ishlash rejimidan oshi-rilsa, sirpanish s ortadi. Bunda aktiv-induktiv xarakterli rotor zanjiri qarshiligidan o‘tadigan tok I2 ni va uning shu zanjirdagi EYK  dan orqada qoluvchi 2 burchakni hisoblash uchun quyidagi ifodalar etarli asosan rotor toki  va faza siljish burchagi ortadi, sosesa kamayadi.
(7.11)
, (7.12)
Sirpanish ortib borishi bilan rotor tokining induktiv xarakteri ortadi, uning aktiv tashkil etuvchisi esa avval (2 kichik paytda) ortib, so‘ngra (umumiy tokning ortishidan qat’iy nazar) kamaya boradi (7.4,b-rasm), chunki EYK  va tok orasi­dagi siljish burchak 2 ortadi.
7.4-rasm. Asinxron motor mexanik tavsifi (a); valdagi yuk o‘zgarishida rotor tokining vektor diagrammasi
M= (s) bog‘lanishning o‘zgarish xarakterini asinxron motor­ning ishlash prinsipidan kelib chiqqan holda analitik yo‘l bilan ham tushuntirish mumkin, ya’ni (7.1) ga asosan uning elektromagnit momenti magnit oqim F va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi I2a larning ko‘paytmasiga proporsional­dir. Bundan, F = const bo‘lganda mexanik tavsifning o‘zgarish xarakteri I2af (s) grafigi bilan aniqlanar ekan.

Download 490.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling